Talaba: Asqaraliyeva Nigora O’ta 102-guruh


Download 12.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi12.95 Kb.
#191291
Bog'liq
Tohir Malik.



Fan:Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari  

O’qituvchi:Dilfuza Yusupova 

Talaba:Asqaraliyeva Nigora O’TA 102-guruh 

                          1-Labaratoriya topshirig’i 

                              Variant N7 

 

                              Tohir Malik hayoti va ijodi. 



Tohir Malik (asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich )-taniqli o’zbek 

yozuvchisi.O’zbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri,ma’rifat 

arbobi”Do’stllik”ordeni va ”O’zbekiston xalq yozuvchisi”faxriy unvoni 

sohibi.Tohir Malik 1946-yilning 27-dekabrida Toshkent shahrida ziyoli oilada 

tavallud topgan.Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy 

universiteti )ning jurnalistika fakulteti kechki bo’limida o’qib,kunduzi qurilish 

ishlarida qatnashgan.1966-yildan beri O’zbekiston radiosida,gazeta va jurnallar 

tahririyatida ,O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida,nashriyotlarda faoliyat 

yuritgan.Oilada besh farzand bo’lib,Tohir Malik ularning eng kenjasi 

hisoblangan.Taniqli o’zbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir 

Malikning tog’asi bo’lib,uni 1949-yilda “xalq dushmani”degan tuhmat bilan 

qamoqqa olishadi. 

Dastlabki hikoyasi 1960-yilda “Gulxan”jurnalida chop etiladi.Bolalarga atab 

yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini o’rgangan Tohir Malik 

keyinchalik o’zbek adabiyotida 

kam e’tibor berilgan fantastika 

janriga qo’l uradi va bir qator 

asarlari bilan kitobxonlar 

e’tiborini qozonadi.Uning 

talabalik yillari yozilgan “Hikmat 

afandining o’limi”asari o’zbek 

adabiyotining fantastika 

yo’nalishida yaratilgan birinchi 

qissa hisoblanadi. 

Asarlari.Tohir Malikning birinchi 

yirik asari 1972-yilda “Hikmat 

afandining o’limi”nomi bilan 

bosilib chiqqan.Shundan keyin 

“Zaharli g’ubor”,”Falak”,”Somon 

yo’li elchilari”,”Chorrahada 

qolgan odamlar”,”Bir ko’cha,bir 



kecha”,”Alvido,bolalik”,”So’nggi o’q”,”Ov”kabi ilmiy-fantastik,sarguzasht 

qissalari dunyo yuzini ko’rdi.”So’nggi o’q”qissasi asosida 7 qismli telefilm 

yaratilgan.Tohir Malikning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini 

yorituvchi “Yozuvchining baxti va baxtsizligi”,Asqad  Muxtor ijodini tahlil 

etuvchi “Sobir”,O’lmas Umarbekov ijodiga bag’ishlangan “Qiyomat qarz” hamda 

Abdulla Qodiriy romanlari tahlil etilgan “Ibrat maktabi” badialari ham bor. 

Yozuvchining eng mashhur “Shaytanat”asarida jinoyat olamidagi voqealar fonida 

asosiy e’tibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini tahlil etishga 

qaratilgan.Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot bo’lishga chaqiruvchi 

ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni Tohir Malikning “Jinoyatning uzun 

yo’li”ilmiy-tahliliy risolasida davom ettirilgan.Buyuk yozuvchi Tohir Malik 2019-

yilning 16-may sanasida 72 yoshida vafot etdi. 

 

 

Manbalar: 



1.http://www.kutubxona.com/Turkum:Tohir_Malik 

2.http://kitob.uz/view_data .php?id=28 

3.http://www.kutubxona.com/Tohir Malik._Shaytanat_(1-kitob-1-qism) 

4.http://www.ziyouz.com. 

5.http://tohirmalik.uz/content/blogcategory/17/196/ 

6.http://uz.wikipediya.org/w/index.php? 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Download 12.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling