Talaba: chirchiq davlat pedagogika universiteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2- bosqich talabasi Omonova Surayyo Oybek qizi
Download 10.8 Kb.
|
Alisher Navoiy maqola
Alisher Navoiyning "Koʻrmadim" radifli gʻazalining lingvopoetik tahlili. Talaba: CHirchiq davlat pedagogika universiteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2- bosqich talabasi Omonova Surayyo Oybek qizi Ilmiy rahbar: CHirchiq davlat pedagogika universitet oʻqituvchisi i navoiyshunos Rahmonova Nafisa. Annatatsiya: Ushbu maqolada buyuk bobomiz adabiy merosi va uning bir qismi boʻlmish gʻazalining lingvistik tahlili va oʻziga xos xususiyatlari , gʻazallarning badiiyligi bilan bir qatorda uni yuzaga keltirgan leksemalarning oʻziga xos tuslanishi xususida soʻz yuritiladi. Kalit soʻzlar: lingvopoetika , Alisher Navoiy, poetik tahlil , leksik tahlil, Lipgard, Navoiy devoni, gʻazal tahlili. Lingvopoetika - filologiyaning bir qismi boʻlib bu yoʻnalish badiiy matnda qoʻllanilgan stilistik boʻyoqdor til birliklari doirasida ularning vazifasi va aniq gʻoyaviy -badiiy mazmunini ifodalash va estetik effektini hosil qilishdagi til birliklarining qiyosiy ahamiyatini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi. Lingvopoetika haqida uni alohida fan sifatida shakllantirish yuzasida juda koʻp olimlar ish olib borishganlar. Bu ishlar samarasi oʻlaroq XX asrning 20-yillarida rus tilshunos olimi A.A.Lipgard lingvopoetikaning nazariy masalalarini chuqur ishlab zamonaviy tilshunoslikka olib kirdi.Va bu voqeadan soʻng koʻplab qomusiy olimlarning ishlari ushbu tur jihatidan tadqiq etiladi, tadqiq etib kelinmoqda. Bugun ham ushbu maqolada Hazrat Mir Alisher Navoiyning "Koʻrmadim" radifli gʻazalining lingvopoetik tahlili yuzasida soʻz boradi. Alisher Navoiy shaxsiyati turkiy til va dunyo tillari tarixida juda katta ahamiyat kasb etadi. Hazratdek koʻp va salmoqli ijod qilgan shaxsni hali adabiyot koʻrmagan. Mana necha davrlar oʻtdiki Navoiy ijodiga murojaat toʻxtamadi. Uni oʻrganish , kashf etish hali davom etmoqda. Navoiy merosining asosiy qismini uning gʻazallari egallagan. Birgina "Xazoyin ul Maoniy "devonida 2500 dan ortiq gʻazal jamlangan. "Xazoyin ul Maoniy"oʻzining boyligi ,salmoqdorligi bilan bir qatorda nomlanish jihatidan ham oʻziga xosdir. Navoiyning oʻzi ushbu devon debochasida shunday deb yozadi. "...avvalgi devonnikim, tufuliyat bahori gʻunchasining ajib gullari va sigʻar gulzori bogʻchasining gʻarib chechaklari bila orasta boʻlub erdi, "Gʻaroyib us-sigʻar " deyildi, ikkinchi devonnikim ,yigitlik oshuftaligʻ va shabob oliftaligʻ yozi va piyrasta boʻlub erdi "Navodir ush-shabob" ataldi va uchinchi devonnikim, Barat ul- hayot mayxonasida ishq bila shavq paymonasidan yuzlangan bage nishotlar kayfiyatlar yozilib erdi " Badoe ul-vasat"ot qoʻyuldi va toʻrtinchi devonnikim, umrning oxirida yuzlangan ishq dard u ranji foydalarikim , jonsoʻz oh urmoq va jon topshirmoqdurkim ,anda sabt boʻlubdur "Favoyid ul-kibar " laqab berildi. " "Navoiyning mazkur soʻzlarini , yaʼni devonlarining nomlanishini shartli deb qabul qilish kerak. Chunki, u haqiqiy xronologiyasini nazarda tutmagan , balki har bir sheʼrning ruhi, uslubiga koʻproq eʼtibor qilgan ", - deb taʼkidlaydi yana bir ulugʻ bobomiz Maqsud Shayxzoda Navoiy ijodini oʻrganib. Keyinchalik , ushbu fikrlarni toʻgʻriligini tadqiqotchi Hamid Sulaymonov ham isbotlaydi. Bundan tashqari Navoiy ijodi , sheʼriyati va Navoiy asarlari tili boʻyicha M. Yunusov, E. Rustamov, O. Nosirov, I. Xaqqulov, R. Orzibekov, X.T. Zarifov, P. Shamsiyev, E. Bertels, Uygʻun, Oybek, A. Xayitmetov, N.Mallayev, A. Abdugʻofurovlar oʻz ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Navoiy asarlari shu qadar jilvakorki mana 6 asrki hali hanuz oʻz jilvasi bilan odamlarni jalb etmoqda. Ul zotning asarlari nafaqat badiiyligi ,mazmundorligi ,balki soʻzlarning oʻziga xosliklari bilan ham ahamiyatlidir. Xususan, oʻtgan asr mobaynida "Navoiy asarlarining izohli lugʻati"boʻyicha 4 tomlik lugʻat chiqarilgani fikrimiz dalilidir. Navoiy asarlarining aksar qismini uning gʻazallari egallagan.Gʻazallarining boshida esa voqeband gʻazallar turadi. Mana shunday gʻazallaridan biri "Koʻrmadim"radifli gʻazalidir. Ushbu gʻazal yozilish xronologiyasi jihatidan oʻrta yoshligida(" Badoe ul- vasat") yozilgan ,ammo Navoiy devonni tartib qilayotgan vaqtda bu gʻazalini keksalik xulosalari va foydalari (" Favoyid ul-kibar") devonida kiritgan. Chunki, bu gʻazalning mazmun mohiyati , ruhi shuni koʻrsatgan . Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosini koʻrmadim, Koʻrguzub yuz mehr ,ming dard-u balosin koʻrmadim. Ushbu matla bilan boshlanuvchi gʻazaldagi ishq , muhabbat, dard, mehr, hayol , husn, vafo, jafo, rizo, qaro kabi soʻzlar gʻazaldagi asosiy tayanch tushunchalar boʻlib aynan ushbu jumlalar orqali butun ma'no anglashilgan. "Zamonaviy lingvopoetika ilmining yetuk vakillaridan biri M. Yoʻldoshevning lingvopoetikaning asosiy tamoyillari prinsipida ham "matn tiling xalq tiliga mosligi " prinsipi bor. Navoiyning ushbu gʻazalidagi tayanch soʻz va jumlalar aynan xalq tiliga mos va xalqona ruhda , hammaga tushunarli qilib yozilgan. (4.maqoladan)" Bundan tashqari ushbu gʻazaldagi vafo, jafo,balo, fido, qaro, rizo kabi soʻzlardagi fonema(tovush)larning oʻxshashligi, ogʻzaki nutqda tilda ohangdorlikni , poetik nutqning ta'sirchangligini oshirish uchun qoʻllanilgan. Navoiyning oʻsha davr uchun qoʻllagan mahoratidan yana biri oʻz tinglovchisi ,oʻquvchisi eʼtiborini tortish uchun qoʻllagan soʻzlaridir. Ularni shu darajada mohirlik bilan gʻazalga singdirganki biron yerda toʻxtalish , tutulish sezilmaydi. Xususan : 1,3- baytlardagi amonim soʻzlarning vafo, jafo larning takror qoʻllanilishi, ulardagi qoʻshimcha ma'no kuchayishi, 1-3-5-7-baytlardagi inversiya( gap boʻlaklarining oʻrin almashinish ) hodisasi , yaʼni "kimga qildim bir vafo"(" aslida kimga bir vafo qildimki), "kimga soldim koʻz qaro "( aslida kimga koʻz qaro soldim), "koʻnglum ayladi muhabbat " ( aslida koʻnglum muhabbat ayladi) , " tavba andin qilmadim shayx oldida"( aslida tavba andin shayx oldida qilmadim) jumlalari , har bayt boshida " kimga ... " soʻzining urgʻuli tus olishi ham gʻazal tashqi qolipi uchun oʻzgacha detal vazifasini oʻtagan. Eng muhim jihati shundaki , Navoiy asarlari makon zamon tanlamaydi. Mana necha asrlarki uning soʻzlari hali tilimizda jaranglamoqda . Hech qanday vaqt tilsimi uni toʻxtata bilmadi. Asli Navoiy asarlarining umrboqiyligi , ma'no mohiyati siri ularning hayotiyligidadir. Gʻazallarni oʻqigan inson oʻz dardini oʻqiganday his etadi. Oʻzidan oʻtayotgan hislarini shu darajada aniq bayon ettirganki xalq dardi va hislari bilan uygʻunlashib ketgan. Mana shuning uchun ham Navoiy hali hanuz tirik , inson bor ekan, uning his -tuygʻusi bor ekan , yashar ekan Navoiy hech qachon oʻlmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati. 1.E. Isʼhoqov Navoiy poetikasi. - T: 1983-yil. 2. Navoiy asarlarining izohli lugʻati. - T: 1983-yil 3. Alisher Navoiy. Xazoyin ul Maoniy. -T: 2016. Yangi nashr. 4. Oʻralova Ch. Boymatov S . Zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetika tadqiqi. Maqola. 2021. Download 10.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling