Talaba F. I. Sh asatova S
Download 128.29 Kb.
|
asatova S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki tomonlama investitsion shartnoma deganda nimani tushunasiz
25-variant Investitsiya muhitini baholovchi xalqaro tashkilotlar (indeks) haqida nimalarni bilasiz. Hech qaysi mamlakat rivojlangan davlatlarning amaliyoti va nazariyasini o’rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat ishlab chiqarishni namunali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko’rsatkichlarga erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada u yoki bu mamlakatdagi investitsion muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Qayerdaki qulay investitsion muhit mavjud bo’lsa, o’sha tomonga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch – investitsiyalar oqimi tezlashadi. Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiyaning faolligi sur’atlariga, bu esa, iqtisodiyot bir tekis o’sib borishi va taraqqiy etishini belgilovchi investitsion muhitga bog’liq. Investitsion muhit Prezident Islom Karimovning I chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida so’zlagan nutqida uqtirganidek, “...iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida, jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda xorijiy investorlar yanada faol ishtirok etishi uchun yaratilgan huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni takomillashtirish”ni taqozo etadi. Ikki tomonlama investitsion shartnoma deganda nimani tushunasiz? Investitsiya shartnomasi - investor bilan investitsiya faoliyati ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan investitsiya buyurtmasini bajarish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuv hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-vagustdagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan „Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida“gi nizomda keltirilganidek, investitsiya shartnomasi qoʻshimcha kafolatlar shu bilan birgalikda himoya choralari beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash maqsadida investor bilan tuziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. [1] Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati sub’yektlarining investitsiya faoliyati obyektlariga nisbatan huquqlari shuningdek majburiyatlari hamda javobgarligini belgilaydi. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha imtiyozlar shu bilan birgalikda himoya choralari berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi. Bunday kafolatlar va himoya choralari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlar berishni, maxsus bojxona, soliq hamda toʻlov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilganidek boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkinligini qayd etish joiz. Investitsiya shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi muhim sanaladi: To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar deganda nimani tushunasiz? Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar — qulay investitsiya muhitining yo‘qligi, xususiy mulk huquqlarini tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammalligi bo‘lib turibdi. Amaldagi investitsiya tendensiyalarining shunday davom etishi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni sekinlashtirishi mumkin. Download 128.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling