Quyida keltirilganlardan qaysi biri korporatsiyalarning xususiyatlari hisoblanadi?
obligatsiya chiqarmaydi
faqat ochiq ko’rinishda bo’ladi
faqat yopiq ko’rinishda bo’ladi
yirik kapitalni jamlaydi
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda Respublika Markaziy bankining vazifasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
konvertatsiya tartib-qoidalarini belgilash
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorijiy investorlarga yordam ko’rsatish
davlat investitsiya siyosatini ishlab chiqish
chet el investitsiyalari bo’yicha hukumat kafolatlarini berish
Mamlakat qonunchiligidagi o’zgarishlar va hukumatning tez-tez almashishi qanday omilga kiradi?
me’yoriy-huquqiy sharoitlar
moslashish sharoitlari
ishlab chiqarish salohiyati
siyosiy risklar
Milliy iqtisodiyotga chet el investitsiyalari asosan qanday maqsadda jalb qilinadi?
zamonaviy texnologiyalar va chet el tajribasini jalb qilish maqsadida
iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida
ishsizlikni tugatish maqsadida
jahon kapital bozorini egallash maqsadida
TOPSHIRIQ
Quyidagi keltirilgan fanga doir atamalarga qisqacha ta’rif yozing.
Real sektor - bu…
Iqtisodiyotning real sektori– iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlari majmui, iqtisodiyotning moliya sektoriga tegishli bo‘lgan moliyaviy, kredit va valyuta operatsiyalari bundan mustasno. Iqtisodiyotning real sektori (real ishlab chiqarish sektori) yalpi ichki mahsulot yaratiladigan tarmoqdir. Qazib olish va qayta ishlash sanoati, qishloq xoʻjaligi, sanoat, maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatish korxonalaridan tashkil topgan sanoat ishlab chiqarishini oʻz ichiga oladi.
Iqtisodiyot real sektorining asosini sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etadi. Aynan ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqaruvchi tabiat bilan o'zaro munosabatda bo'ladi, yangi moddiy ne'matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish sohasining miqdor va sifat jihatdan rivojlanishi jamiyat farovonligini, aholi daromadlarining o'sishini ta'minlaydi, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish uchun moddiy asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |