Talaba F. I. Sh asatova S


Download 128.29 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi128.29 Kb.
#1640755
1   2   3   4   5
Bog'liq
asatova S

Moliyaviy sektor bu…

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida moliyaviy sektor rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi.Tadqiqot davomida moliyaviy xizmatlar taklifining ortishi iqtisodiy o‘sishga olib keladimi yoki iqtisodiy o‘sish moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan qo‘shimcha talabni yuzaga keltirib, moliyaviy sektor rivojlanishiga sabab bo‘ladimi, degan savolga javob berildi.
Dunyo mamlakatlarida moliya sektori va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik turlicha bo‘lgan. Masalan, Shotlandiya, Belgiya, Rossiya va Yaponiyada moliyaviy sektor sanoatlashishni jadallashtirishga xizmat qilgan bo‘lsa, Angliya, Germaniya va Fransiyada sanoatning rivojlanishi moliyaviy sektor rivojlanishiga olib kelgan.


  1. Xususiy investitsiyalar – bular…


xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.



  1. Aralash investitsiya bu ?

davlat va xususiy fond mablag‘larining umumiy investitsiya dasturi yoki bitimi orqali birlashishini anglatadi va bu jarayonda tomonlar o‘z tajribasidan bir-birini to‘ldirishda foydalanadi.
Aralash moliyalashtirish yondashuvida, davlat va homiylik fondlari loyihaning xatarlarni kamaytirish hamda moliyalashtirish hajmini oshirish va sarmoya qiymatini kamaytirish maqsadida foydalaniladi.
Nisbatan yangi moliyalashtirish vositasi hisoblanadigan aralash moliyalashtirish bo‘yicha dunyoda yetarlicha tajriba to‘plangan bo‘lsada, O‘zbekistonda dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda, deyiladi tahlilda.



  1. Download 128.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling