Talaba F. I. Sh guruh
Lizing shartnomalari deganda nimani tushunasiz?
Download 102.34 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Moliyaviy investitsiyalar qanday maqsadlarga qaratiladi.
- 2-TOPSHIRIQ TEST 1.A 2.C 3.B 4.A 5.D 3-TOPSHIRIQ
- 2. Moliyaviy instrumentlar – bular…
4. Lizing shartnomalari deganda nimani tushunasiz?
moliya ijarasiga oid shartnoma. Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) 1 taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) 2-taraf topshirigiga binoan ishlab chikaruvchi (sotuvchi) 3-taraf bilan undan oʻz mablagʻi hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini; lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovini toʻlash majburiyatini oladi. Lizing obʼyekti va subʼyektlari, lizing toʻlovi, lizing beruvchi va lizing oluvchining majburiyatlari, ularning hamda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning javobgarligiga oid qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining FK va Oʻzbekiston Respublikasining "Lizing toʻgʻrisida"gi qonunida belgilangan 5. Moliyaviy investitsiyalar qanday maqsadlarga qaratiladi. bu investitsiyalar, tashkilotning turli aktivlarga qo'shgan hissasi, qimmatli qog'ozlar bozori vositalari. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uzoq to'lov muddatini o'z ichiga oladi va kelajakda daromadlarni jalb qilishga qaratilgan. 2-TOPSHIRIQ TEST 1.A 2.C 3.B 4.A 5.D 3-TOPSHIRIQ Quyidagi keltirilgan fanga doir atamalarga qisqacha ta’rif yozing. 1. Diler – bu 1) qimmatli qogʻozlar valyutalar, qimmatbaho metallar va b. oldisotdisini, birja operaiiyalarini oʻz nomidan va shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi aʼzosi, jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) mahsulotni ulgurji (koʻtara) sotib olib, uni chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi, jismoniy yoki yuridik shaxs. Odatda, bunday agentlar mahsulot ishlab chikaruvchi firmalarning dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritadi. 2. Moliyaviy instrumentlar – bular… oldisotdi obʼyekti pul (pulga tenglashtirilgan qogʻozlar) boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlar; pul mablagʻlarining uni jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishini taʼminlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subʼyektlari oʻz moliyaviy resurslari ni mablagʻlarga muhtoj subʼyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi. Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili boʻyicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni kondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo boʻldi. Download 102.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling