Talaba mustaqil ishini


Download 27.47 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1200520
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ishga tavsiya




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


«Musiqa darslarida repertuar tanlash»


fanidan
TALABA MUSTAQIL ISHINI
TASHKIL ETISH BO’YICHA


TAVSIYA

Farg`ona– 2022
Kаfеdrа nоmi: Musiqiy ta’lim va madaniyat.

Farg’ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti kengashining 2022 yil ___dagi ___№ sonli yigilishda ko’rib chiqilgan, muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.


Ushbu uslubiy tavsiya Farg`ona davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti Musiqiy ta`lim va madaniyat kafedrasining tajribali o’qituvchilarining tavsiyalari asosida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar: A.Sultanov


Taqrizchi: D.Namozova- Musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi
mudiri

Mazkur uslubiy tavsiya Sillabusi San`atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi kengashida ko`rib chiqildi va maqullandi.


2022 yil ___-sentabrdagi __-sonli majlis bayoni


Kafedra mudiri: D.Namozova


Umumiy qoidalar.
Fanning mazmuni
Bakalavriat bosqichi uchun tuzilgan mazkur dastur – bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining musiqiy ta`lim ixtisosliklari bо‘yicha tahsil oladigan talabalar uchun mо‘ljallangan. Ishchi dastur Davlat ta’lim Standartlariga binoan san’at sohasida bakalavrlar tayyorlash о‘quv rejalari asosida tuzilgan fan dasturi negizida tuzilgan.
Organishdan maqsad – fanning nazariy asoslariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda talabalarga musiqiy dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyatini o‘rganishdagi o‘rnini ochib berish; talabalarga musiqa darslarida repertuar tanlash fanini chuqurroq o‘zlashtirishlari uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; talabalarni o‘quv qo‘llanmalar va boshqa ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatishdan iborat.
Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati konikmalariga ega bo`ladi.
Fan bo`yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish ko`nikmalariga ega bo`ladi.
Berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘ladi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling