Talaba mustaqil ta'limni tayyorlashda mazkur fanning muayyan o'ziga xosliklarini


- mavzu. Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi


Download 90 Kb.
bet7/9
Sana18.09.2023
Hajmi90 Kb.
#1680459
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ta’lim

18- mavzu. Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta`lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog`liq bo’lib, o’quvchilarning ta`lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a`zosiga aylanishigacha bo’lgan murakkab davrni o’z ichiga oladi. Maktab ijtimoiy pedagogining asosiy muammosi tarbiyasi og`ir o’smirlar, ya`ni 12—16 yoshli o’g`il-qizlardir. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga, bu davr tarbiyachilar uchun ham qiyin davrdir.
1.Topshiriq. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og`ir o’smirlar bilan ish olib borishini tahlil qiling.


19-mavzu. Bolalar ichkilikbozligi ijtimoiy pedagogik muammo sifatida.
Bolalar ichkilikbozligi va bu illatning yoshlar o’rtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki xil talqin qilinadi. Tibbiy nuqtai nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste`mol qilishga yengib bo’lmas ehtiyoj tug`ilishida namoyon bo’ladigan surunkali kasallikdir. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimlikka ruju qo’yish bilan tavsiflanadigan, shaxsda deviant xulq-atvorni keltirib chiqaradigan xulq-atvor shakllaridan biridir.Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog`liq.
1.Topshiriq..Bolalar ichkilikbozligining sabablari va salbiy oqibatlarini bayon eting.



  • 20-mavzu. Giyolivandlik ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.

“Giyohvandlik” deganda, eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq tushuniladi. Eyforiya haqiqiy ahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki bo’lishidir. Giyohvand moddalarni iste`mol qilish nafaqat alohida shaxsga, balki jamiyatga ham zarar keltiradi. Giyohvandlikning nafaqat o’zi, balki shaxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.
1. Topshiriq.O’smirlar orasidagi giyohvandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy sabablarini tahlil qiling.



Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling