Talaba: Toshpo`latov Javohirbek Ilmiy rahbar: ph
O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati doirasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari
Download 415.31 Kb.
|
bm (1)
3. O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati doirasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, yaqin qo`shnilar o`rtasida o`zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo`lidagi sa`y-harakatlar chegara va suvdan foydalanish singari nozik masalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo`layotgan edi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo`shni Afg`onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan bog`liqdir. Binobarin ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo`lgan va shunday bo`lib qoladi. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg`oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind Okeani va Fors ko`rfazi eng qisqa yo`lni ta`minlash, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin SHarq bozorlari bilan bog`lashi mumkin12. SHuning uchun Afg`onistonni mintaqaviy muammolar va tahdidlar maydonini sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o`rinli. Bu esa, o`z navbatida butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki bo`ladi. O`tgan davr mobaynida O`zbekiston Afg`oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi. O`zbekiston – Afg`oniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqand bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo bo`yicha yuqori darajadagi anjuman hamda Ostonada bo`lib o`tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O`zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Afg`oniston prezidenti Ashraf G`anining dekabr oyida mamlakatimizga tashrifi davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi. Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo`shma hujjatni, shuningdek, qo`shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo`lgan qurilish materiallari, oziq- ovqat mahsulotlari, bug`doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Joriy yilning fevral oyida Toshkentda xavfsizlik masalari bo`yicha O`zbekiston-Afg`oniston qo`shma komissiyasining ilk majlisi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. 2017-yilning o`zida o`zaro savdo aylanmasi 15% o`sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi.2017-yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo`l xaritasi” ishlab chiqildi. Qobulda O`zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O`zbekistonda ishlab chiqilgan” nomi ostida tovarlar ko`rgazmasi faoliyat yuritmoqda. Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona termiliga ega bo`lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat o`rtasida eksport – import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqishga imkon beradi. O`zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg`onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini o`zlashtirishga ko`maklashish imkoniyatlari o`rganilmoqda. Transport-kommunikasiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif – Xirot yo`nalishi bo`yicha transafg`on transport yo`lagini yaratish bo`yicha muhim kelishuvga erishildi. Ushbu yo`lak ilgari O`zbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yo`lining davomi hisoblanadi. U Afg`oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur magistral orqali afg`oniston importining katta qismi olib kiritilmoqda. Ular orasida Qardosh Afg`on xalqiga insonparvarlik yuklarining hajmi katta o`rin tutadi. Osiyo Taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko`ra, Xayraton – Mozori Sharif temir yo`li foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo`lishdi. Temir yo`l bo`ylab afg`onlar bandligi o`sish suratlari yiliga 10-11% ni tashkil qildi. Mozori Sharif- Xirot temir yo`li loyihasini amalga oshirish Afg`oniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo`shadi. Qatnovning yo`lga qo`yilishi Afg`oniston tashqi savdo aylanmasini 50% ko`paytirish imkonini beradi. O`zbekiston va Afgoniston o`rtasida energetika sohasidagi hamkorlik aloqalari muhimdir. Qobulga elektr uzatish liniyasi qurulishi aholi uchun elektr tanqisligi muammosini xal qilishga yordam bermoqda va qolaversa, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga turishga va yangi ish o`rinlarini vujudga kelishiga zamin bo`lmoqda. Ta`lim sohasidagi hamkorlik- O`zbekiston – Afg`oniston hamkorligining muhim sohalaridan biridir. Davlatimiz rahbari topshirig`i bilan Termizda Afg`oniston fuqarollarini o`qitish ta`lim markazi ochildi. Unda Afg`oniston turli sohalari uchun malakali mutahasislar tayyorlanadi. 1 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublasi Tashqi siyosat konsepsiyasi 1-moddasi.lex .uz 2 https://xs.uz/uz/post/tinchlik-barqarorlik-va-izchil-taraqqiyot-jolida-khalqaro-hamkorlik-mustahkamlanadi 3 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA. LEX.UZ 4 . O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari maslahat uchrashuvidagi nutqidan. 5 Oybek Sirojov, Muxtor Nazirov. ”Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining istiqbollari va imkoniyatlari” darsligi. 6 Ziyodulla Po`latxodjayev siyosiy fanlar bo`yicha falsafa doktori dissertasiyasi uchun ”Markaziy Osiyoda xalqaro subregional tizimning shakllanish jarayonlari” mavzusida yozilgan avtoreferatdan. 7 Ziyodulla Po`latxodjayev siyosiy fanlar bo`yicha falsafa doktori dissertasiyasi uchun ”Markaziy Osiyoda xalqaro subregional tizimning shakllanish jarayonlari” mavzusida yozilgan avtoreferatdan. 8 https://www.uwed.uz/uz/news/fulltext/1451 9 https://xs.uz/uz/post/toshkentda-markazij-osiyo-davlatlari- -muloqoti-homijligida-khalqaro-biznes-forum 10 O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari maslahat uchrashuvidagi nutqidan 11 Ushbu manbadan. 12 Muhammadsiddiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. O`quv qo`llanma. Download 415.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling