Talaba uchun pedagogik amaliyot to'G'risida


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452055
  1   2   3
Bog'liq
amaliyot kundalik




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 OLIY TA’LIMA, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
SHAROF RASHIDOV SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI MATEMATIKA 
 FAKULTETI 
 
MALAKAVIY AMALIYOT 
BO’YICHA 
TALABANING KUNDALIGI 
__________________________________________________ 
(familyasi) 
__________________________________________________ 
(ismi) 
__________________________________________________ 
(otasining ismi) 
 
Kurs: IV. Guruh: 413 
 
Ta’lim yo’nalishi: MATEMATIKA YO‘NALISHI 
 
 
 
Samarqand: 2022-2023 



TALABA UCHUN MALAKAVIY AMALIYOT TO'G'RISIDA 
1.Malakaviy amaliyot davlat standartidagi mutaxassisni - yuqori malakali boshlang‟ich 
sinf o‟qituvchisini tayyorlashda o'quv jarayonining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Amaliyot davrida talaba o'z mutaxassisligi bo'yicha ilmiy va nazariy bilimlarini tajribada 
sinovdan o'tkazadi, bolalarni kuzatishning ilmiy-metodik tomonlarini o'zlashtirish bilan bog'liq 
bo'lgan sir-asrorlarini egallaydi, eng muhimi, predmet bo'yicha bayon etilgan mavzu yuzasidan 
o'quvchilarga bilim berish, iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish uyg'otish va 
ijobiy fikrni tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg'usini yuzaga keltirishning amaliy usullarini 
tatbiq etishning yo'l-yo'riqlarini o'zlashtirib oladilar. 
Malakaviy amaliyot jarayonida ta‟lim-tarbiyaning qonuniyatlarini to‟liq tadqiq etish, 
kasbiy ko‟nikma va malakalarni, amaliy faoliyat tajribasini egallash, o‟qituvchilik ishining 
ilmiy-nazariy asoslarini tushunib olish jarayonida, talabalarda o‟sib kelayotgan yosh avlodni 
tarbiyalashdek ulug‟‟ ishda faol qatnashayotganligidan faxrlanish tuyg‟usini sezish mumkin. 
Talabada malakaviy amaliyotning yaxlitligi, g‟oyaviy-siyosiy, aqliy, ma‟naviy, mehnat, 
iqtisodiy, ekologik, estetik, jismoniy va boshqa tarbiya yo‟nalishlarini, mehnat va pedagogik 
hamkorlikni tarkib toptirish, ularga ta‟lim muassasalari, oila va jamoatchilikning bola 
tarbiyasidagi harakatlari birligini, o‟qituvchi va yoshlar tashkilotlarining o‟zaro hamkorligi 
haqidagi tushunchalarni tartib bilan tanishtirishda ahamiyati kattadir.
Malakaviy amaliyotda faol ishtirok etishni ta'minlash talabalarning ta'lim muassasasini 
boshqarishning ilmiy asosini o'rganishga, o'quv jarayonining samarali usullarini joriy qila 
bilishga imkon beradi. 
Malakaviy amaliyotni o'tash uchun nazariy va amaliy ta'limning o'quv rejalarini to'la 
bajargan talabalarga raxsat beriladi. 
2.Talaba malakaviy amaliyotdan oldin fakultet metodistlaridan amaliyot kundaligi va 
dasturini olishi hamda bajarishi lozim bo'lgan ishlarning mohiyati bilan tanishib tavsiya etilgan 
adabiyotlar ro'yxatini olishi kerak. 
3.Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi shart: 
-maktab o‟quvchilari bilish faoliyatining ayrim xususiyatlarini o‟rganish dasturi bilan 
tanishish; 
-Amaliyotchilar o‟quvchilar shaxslararo munosabatlarni o‟rganish; 
-O‟quvchilar bilan sinfiy treninglar va individual tarzdagi bilish jarayonlarini aniqlaydigan 
testlar o‟tkazish; 
-Maktabda mavjud bo‟lgan “”Maxsus ro‟yxat”da turuvchi o‟quvchilar bilan individual 
suhbatlar olib borish; 



-Maktabda boshlang‟ich sinf o‟quvchilari bilan birgalikda ishlayotgan xodim bilan 
hamkorlikda ishlash; 
-Maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarga faol qatnashish
-Amaliyot jarayonida o‟z sohasiga oid tadqiqotlarini olib borish; 
-Kasbiy mahorat bo‟yicha o‟tkazilgan tadqiqotlar natijalari to‟g‟risida hujjatlarni 
rasmiylashtirish; 
-Pedagogik va o‟quv faoliyatining tadqiqot metodlari bilan ishlashni o‟rganish; 
-O‟quvchilar bilan o‟tiladigan fanlarning o‟qitilishi va metodikalari bilan tanishish, o‟quv 
fanlaridan darslarini kuzatish; 
-Maktab ilg‟or, ijodkor o‟qituvchi-pedagoglarining ish tajribalarini o‟z faoliyatlarida qo‟llash 
maqsadida o‟rganish; 
-O‟quvchilar jamoasiga tavsifnoma yozish maqsadida materiallar yig‟ish va uni tahlil qilish
-Maktab sinflarida muammolar bo‟yicha mustaqil topshiriqlar bajarish;
-Amaliyot tugagandan so'ng talaba uch kun ichida ta'lim muassasasi o'qituvchilarining 
tavsifnomasi bilan malakaviy amaliyot bo'yicha ushbu kundalik hisobotni va quyidagilarni 
fakultet metodistiga topshirishi kerak: 
-bir o'quvchi va butun sinfga batafsil keltirilgan tavsiyanomasi, sinf bilan ishlasli rejasi; 
Amaliyot darslari va bajarilgan ishlar haqida salbiy tavsifnoma olgan yoki amaliyotdan 
qoniqarsiz baho olgan talabalar ta'til davrida qayta amaliyotga yuboriladi yoki universitet 
talabalar safidan chiqariladi. 
Ta'lim muassasasining ichki tartibini buzgan talabalarga jazo berilishi mumkin, bu haqida 
universitet rektoriga xabar beriladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling