Soddalashtirilgan shakl - Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:
- Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.
- Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:
- engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 kishidan;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan;
- fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa, ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
- Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.
- Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.
- Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy hisobvaraqlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning manbalari hisobini asosiy hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta'minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi Rejasini tuzish huquqiga egadirlar.
- Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil ravishda moslashtirib olishlari mumkin:
- Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng "Operatsiyalar mazmuni" ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda "Nazorat summasi" ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq turlarini hisobga olish hisobvaraqlarining "Debet" va "Kredit" ustunlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida aks ettiriladi.
- Barcha hisobvaraqlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari umumiy yakuni va "Nazorat summasi" yakuniga teng bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |