Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari


Download 1.35 Mb.
bet1/16
Sana21.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1645272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)




MUNDARIJA:




KIRISH




I BOB.

TALABA YOSHLARA MUHABBAT HISLARINING IJTIMOIY VA ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING NAZARIY ASOSLARI




1.1.

Sharq allomalarining qarashlarida sevgi-muhabbat tushunchalariga munosabatlar

9-14

1.2.

Xorijiy tadqiqotlarda sevgi-muhabbat hissining o‘rganilganlik imkoniyatlari

15-25

1.3.

O‘zbek olimlarining sevgi-muhabbat masalasiga oid munosabatlari



26-30




Birinchi bob bo‘yicha xulosalar




II BOB.

TALABA YOSHLARDA MUHABBAT HISLARINI O‘RGANISH PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA




2.1.

Sevgi-muhabbat munosabatlarida attraksiyaning tutgan o‘rni

31-36

2.2.

Muhabbat hislarining turlari va uning nazariy asoslari

37-40

2.3.

Talaba yoshlarni oilaviy munosabatlar to`g`risidagi tasavvurlarining oila mustahkamligiga ta`siri

41-50




Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar




III BOB.

TALABA YOSHLARA MUHABBAT HISLARINING IJTIMOIY VA ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI DIAGNOSTIKASI




3.1.

Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy xususiyatlarini o‘rganishning shart-sharoitlari

51-57

3.2.

Talaba yoshlarda muhabbat hislariga doir tajriba-sinov ishlarining mazmuni

57-64




Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar







XULOSA VA TAKLIFLAR







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI VA ILOVALAR

65







66



KIRISH
Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi: Ma’lumki sevgi-muhabbat hislari kishilik jamyati paydo bo‘lgan davrdan boshlab toki bugungi rivojlangan kishilik jamiyatimizda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Sababi insoniyat qaysi davrda, qaysi jamiyatda yashashidan qat’iy nazar ushbu masala birdek e’tiborga molik masalalar sifatida baholangan. Chunki, sevgi-muhabbat hissi inson xayotining ajralmas tomoni sifatida ham tabiiy ham ijtimoiy zaruriyat hisoblanadi. [: 1]
Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat ravnaqi shu zaminda yashayotgan yosh avlodga bog‘liqligi masalasi juda ko‘p bor takrorlanadi. Yosh avlodning esa ma’naviyati, sog‘lomligi, e’tiqodi, ahloqi kelajakda o‘z oilasiga munosabati ko‘p jixatdan ularda eng ezgu his bo‘lmish sevgi-muhabbat hislarining shakllanganli- giga va ularning o‘z oilalarida qanday tarbiya olganliklariga bog‘liqdir.
Shu jihatdan olganda birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, Yurtiga, Vataniga, muhabbat, insonparvarlik, tuyg‘ulari ona xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatidir. Ana shu insoniya noyob fazilatlarni asrab avaylash va yanada takomillashtirish natijasida o‘g‘il-qizlarimizni mamlakatimiz kelajagi uchun munosib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i kerak.
Oliy ta’lim muassasasi faoliyati talaba dunyoqarashining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. U o‘quvchining odam haqidagi tasavvurini kengaytirgan holda tajribalarini chuqurlashtiradi, tartibga soladi, kuzatuvchanligini o‘tkirlash- tiradi, inson tabiatini anglashni o‘rgatadi.
Talabaning ruhiyati – murakkab dunyo ekanligi barchamizga ma’lum. Jamiyatning bugungi taraqqiyot shiddati tufayli hayotdagi o‘zgarishlar, bolalar ruhiyatining boyishi va shaxsining rivojlanishi o‘ta darajada tez bo‘lmoqda. Talabaning zamon bilan hamnafas tarzda faollashuvi, ruhiy olamining murakkablashuvi jadallik bilan sodir bo‘lmoqda.
Talaba yoshlarning o‘zgalarni his qilish, tushunish, tuyish, hamdard bo‘lishiga asar qahramonlari kechirgan hislarni ularga “yuqtirish” orqali erishadi. Buning uchun o‘qituvchining asarlarga munosabati, xatti-harakatlari, o‘ylari, kechinmalari rost va samimiy xususiyati ijtimoiy munosabatlarga muhabbati baland bo‘lishi shart. Bunday tuyg‘ular uyg‘unligiga erishish bilan o‘quvchining hissiyot olamiga ta’sir ko‘rsatiladi. O‘quvchining o‘ziga ishonchi uning tuyg‘ulari va tafakkuri yetovida bo‘ladi. Ishonch hissi go‘zallikni tuyish va bilim olish tuyg‘usi bilan mustahkam bog‘liqlikka erishadi. Insonning tuyg‘ulari uning tafakkuri, irodasi, axloqi, bilimi, madaniyati va dunyoqarashi bilan hamohang tarzda rivojlanadi. O‘qituvchining mahorati ko‘magida tafakkur va tuyg‘ular, aql va ko‘ngil uyg‘unligiga erishiladi.
Mutaxassis kadrlarni tayyorlash sifati ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya jarayoni-ning to‘g‘ri tashkil etilishiga, undagi talaba va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, o‘quv faoliyati motivasiyasi, talabalarning individual-psixologik xususiyatlari va hissiy-irodaviy sifatlariga ham bog‘liq. Oliy ta’lim muassasalari-dagi o‘quv jarayoni murakkab aqliy faoliyat sifatida, talabalar shaxsiga va psixik jarayonlariga jiddiy talablar qo‘yadi. Shuningdek, talabalar guruhida kelishmov- chiliklar turli xildagi nizoli holatlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun talabalarning talabalar guruhida shaxslararo munosabatni o‘rganish muammoning dolzarbligini belgilab beradi.
Keyingi yillarda butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham nikoh-oila masalalariga, yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash muammolariga e’tibor kuchaydi. Buni ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan maqolalar, tele eshittirishlar va ko‘rsatuvlardan bilish mumkin, biroq aksariyat xollarda bunday maqola, eshittirish va ko‘rsatuvlar publisistik xarakterda olib borilayotgandek tuyulmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va rolini to‘g‘ri idrok etgan xolatda, ularni oilaviy xayotga tayyorlash, ularda talabalik yillarida yuzaga keladigan eng nozik his-tuyg‘ularni his qilish, yigit va qiz o‘rtasidagi munosabatlarning naqadar nozik bo‘lishi, bo‘lajak oilaning baxti uchun g‘amxo‘rlik qilish haqidagi tushunchalarni ular ongiga singdirish zaruratini kundalik xayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Buni o‘smirlar va o‘spirinlar xayotiga oid bo‘lgan, ayni vaqtda atrofimizda sodir etilayotgan ko‘ngilsiz xodisalar haqidagi ma’lumotlarning ommaviy axborot vositalari, va internet materiallari orqali ommolashib borayotgani misoli bilan ta’kidlab o‘tish mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, yosh o‘zbek ayollari o‘rtasida sevgi-muhabbat tufayli o‘z-o‘zini nobud qilish xolatlari o‘ta dolzarb xolat sifatida baxolanmoqda. Masalan 1986 yili 132 ayolda o‘z-o‘zini yondirish xolatlari kuzatilgan bo‘lsa, 1993 yilga kelib, bu ko‘rsatkich yanada oshgan harakat sifatida baholangan.
Yuqorida keltirilgan bunday noxushliklar ro‘y berishining asosiy sabablaridan biri odamlarning o‘zaro munosabatlarida mexr - muhabbatning tanqis bo‘lib borayotganligi, ota~ona va farzand, er va xotin o‘rtasida mexr-oqibatning susayib borayotganligi, yuzaga kelayotgan oilalarning ma’lum qismida yosh kelin- kuyovlar sevgi-muhabbat, oilaviy qadriyatlar emas, balki boshqa motivlar asosida nikox qurishlari kabilardir. Shu boisdan ayni xozirgi sharoitda mashxur psixolog Erix Frommning: "Odamlar kanchalik bir-birlarini sevib yashasalar, kelajak avlodga shunchalik ko‘p ezgulikni meros qilib qoldiradilar”- deb yozgan fikrlarini keltirish o‘rinlidir.
Ma’lumki, oliygoh muhitida o‘g‘il-qiz orasida sevgi his-tuyg‘ulari paydo bo‘lishi tabiiy xoldir. Shu sababli yosh qalb egalarining samimiy xis-tuyg‘ularini tushunmaslik, koyish, haqoratlash, ularga nisbatan ta’qiqlovchi chora-tadbirlarni joriy qilish biron-bir ijobiy natijaga olib kelmasligi, bu taqiqlashlar kutilmagan "natijalar"ini berishi, ota-ona va pedagoglarning obrusini tushirishi, yoshlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini kamaytirib, kutilmagan ko‘ngilsizliklarni yuzaga keltirishi mumkinligi ilmiy adabiyotlarda yetarlicha yoritib berilgan.
Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan bir qatorda, tanlangan mavzuning
dolzarbligi quyidagi jixatlar bilan ham belgilanadi:

  • sevgi-muhabbat psixologiyasiga oid maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlar tanqisligi;

  • bu mavzuda o‘tkazilgan tadqiqotlarning aksariyati o‘zga millat, o‘zga etnomadaniyat vakillarida olib borilganligi;

  • mazkur mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining o‘zbek milliy psixologiyasida juda kam o‘tkazilganligi;

  • sevgi-muhabbat psixologiyasini yetarli bilmaslik natijasida yoshlar o‘z yoshlariga monand sodir bo‘ladigan xissiyotlarini tushunmasliklari va buning oqibatida ko‘pgina xatolarga yo’l qo’yayotganliklarining kuzatilishi;

  • muhabbat psixologiyasini va uning qonuniyatlarini bilmaslik oqibatida sevgi-muhabbat asosida qurilgan oilalarning ma’lum yillardan so‘ng ma’lum foizlarining ajralib ketishi va boshqa shu kabilarni ta’kidlab o’tish mumkin.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling