Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar talaba yoshlar tomonidan muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari atroflicha o’rganilsa, ijtimoiy psixologiya hamda psixologiya fanining shunga yaqin boshqa tarmoqlarida shaxslararo ijtmoiy munosabatlardagi emotsional his-tuyg’ular jumladan, muhabbat hissining insonlarda muhim ekanligi va boshqa shu kabi muammolarga nazariy va amjihatdan yechim bo‘la oladi..
Tadqiqot ishida qo`llanilgan metodlar:
Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini o’rganishda eng avvalo kuzatish metodidan foydalanildi.
Yu.E.Aleshina, L.Ya.Gozmana, E.M.Dubovskoy “Sevgi va yoqtirish mayli shkalasi” testi;
Gʻ.B.Shoumarov va N.A.Sog‘inovlar tomonidan mahalliy muhitga moslashtirilgan “Nikohga ma’naviy tayyorgarlik” testi
I.M.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan, “empatiya qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash” metodikasi;
10 ta savoldan iborat bo’lgan, “Oilaviy hayotga tayyormisiz” nomli mualliflik so‘rovnomasidan foydalanildi.
Tadqiqot ishining yangiligi:
Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiyada talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari mavzusi maxsus tadqiqot predmeti sifatida birinchilardan bo‘lib tadqiq etilmoqda.
Talaba yoshlarda sevgi-muhubbat hislarining etnoxududiy xususiyatlari tadqiqi masalasi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi va farqli xususiyatlar asoslab berildi.
Talaba yoshlarda sevgi-muhabbat hislari namoyon bo‘lishida sevgi va yoqtirish mayli bilan birgalikda, empatiya qobiliyatining shakllanganligi darajasi o‘rganildi va farqlar asoslanishiga erishildi.
Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati: Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari borasidagi ushbu magistrlik dissertatsiyasidan, talabalarga bilim berish asnosida “umumiy psixologiya” va “ijtimoiy psixologiya” fanlari kesimida nazariy bilimlarni yanada boyitishga, yosh davrlar psixologiyasi, o‘smirlar va ilk o‘spirinlik yosh davrlari psixologiyasi rivojiga ham munosib hissa qo‘sha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |