Talaba yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik g’oyasini shakillantirishning ilmiy nazariy yo’llari
Download 26.92 Kb.
|
Miekomilbek Falsafa M
Talaba yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik g’oyasini shakillantirishning ilmiy nazariy yo’llari Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. Oʻz mansab yoki xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish, undan shaxsiy yoki oʻzgalar manfaatlarini koʻzlab moddiy yoxud nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Anglaganingizdek, gap korrupsiya haqida ketmoqda. Bugun jamiyatimizda ushbu illatga qarshi jiddiy kurashilyapti, uning oqibatlari ommaviy axborot vositalari orqali, turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, tadbirlarda aholiga tushuntirilishiga qaramay, afsuski, korrupsiyaning keskin kamayishiga erishganimiz yoʻq. Nega korrupsiya degan balodan qutulolmayapmiz? Bunga nima toʻsqinlik qilmoqda? — Bilamizki, korrupsiyada har doim kamida ikki tomon ishtirok etadi, — deydi suhbatdoshimiz. — Bunda, bir tomondan, noqonuniy yoʻl bilan oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun boylik orttirayotgan mansabdor shaxs hamda boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoxud passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qarorning qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Korrupsiyani, soddaroq qilib, oʻz nafsi, manfaati yoʻlida qonunni ham chetlab oʻtish orqali gʻarazli maqsadi hamda biror narsaga erishish, deyish mumkin. Bugungi kunda yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Uning huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi ham aniq. Bu borada Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qoʻshilishi islohotlarning dastlabki muhim qadami boʻldi. Uni amalga oshirishning milliy mexanizmi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun, Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ularning samarali ijrosi natijasida koʻplab jinoyatlar fosh etilmoqda, sodir qilinishi xavfi boʻlganlarining oldi olinmoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib boryapmiz. Bu yaxshi, albatta. Lekin shularning oʻzigina yetarli emas. Korrupsiyaga qarshi yanada faol kurashishimiz kerak. Mana shu bizning, barchamizning diqqat-eʼtiborimizda boʻlishi lozim. — Nazarimizda, bu boradagi targʻibot ishlari kutilganidek samara bermayapti. Sizningcha, ushbu illatni keskin kamaytirish uchun nimalar qilish kerak? Toʻgʻri, targʻibot tadbirlari deyarli har kuni oʻtkaziladi, odamlarni ogohlikka chaqiramiz. Bu ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Buning uchun respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashishning preventiv choralari samaradorligiga erishish kerak. Yaʼni illatning oldini olishning nazariy poydevori — “taʼlim, xabardorlik va targʻibot” (education, awareness and advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqish lozim. Bu borada davlat siyosati rivojlangan mamlakatlar, xususan, Singapur tajribasiga hamohang ravishda “one size fits all”, yaʼni “barcha uchun bir xil mezon” modeli asosida ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy taʼminlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi ishlashi lozim. Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida integratsiyalashgan yondashuvni qoʻllash yaxshi samara beradi. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha instituti bilan hamjihat faol harakatini taʼminlash nazarda tutiladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor beriladi. Bu borada Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillardan biri — aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan maʼlumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi. Uchinchidan, jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, u bilan bogʻliq ayrim xatti-harakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro standartlarni toʻliq va toʻgʻri qoʻllash lozim. Bunda xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini koʻzlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarni kriminalizatsiyalash masalalarini koʻrib chiqish vaqti keldi. — Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlarining ijrosini taʼminlashda qaysi omillarga eʼtiborni yanada oshirish lozim? — Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturining ijrosi amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy masalalardan biridir. Bunda, avvalo, monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal etilishi lozim. Va nihoyat, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish kerak. Zamonaviy tendensiyaga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashishni uch bosqichda amalga oshirish taklif etiladi. Chunonchi, jamiyat aʼzolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun maʼlumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning aniq tizimini amaliyotda qoʻllashdir. Qolaversa, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish hamda qoʻllash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan oʻtkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis hamda shaffof indikatorlarini belgilash ham muhim. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.1 Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Oʻzbekiston dunyoga islohotlar mamlakati sifatida tanilib ulgurdi. Har jabhada oʻzgarishlar, yangilanishlar kechmoqda. Boshqaruv tizimi shaffof, ochiq siyosat yuritish tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyildi. Bu korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Gap korrupsiyaga qarshi kurash haqida borar ekan, bu borada jamoatchilikning nazorati juda muhim ekanini alohida taʼkidlash kerak. Eng asosiysi, bu jarayonda yoshlarning faolligi sezilayotgani eʼtiborga molik. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida toʻxtalib, bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilib, uning tarkibiga yoshlar, xususan, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari jalb etilishi ham yaxshi natija berishi, shubhasiz. Chunki, yoshlarimiz vatanparvarligi, mamlakat taraqqiyotiga befarq emasligi, fidoyiligi bilan ajralib turadi. Ularda hayotbaxsh gʻoyalar, tashabbuslar ham koʻp.2 Albatta, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oqibatlarini oʻrganish va oldini olish masalasi eng dolzarb vazifalardan biri. Yoshlar uchun esa eng muhim yoʻnalishlardan biri, bu – taʼlim sohasidagi va ishga kirish bosqichida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiya turlariga qarshi kurashish. Sababi, mamlakatimizning 18 milliondan ziyod qismini, yaʼni qariyb 55 foizini tashkil etuvchi yoshlar aynan shu jarayonlarda korrupsiya bilan bogʻliq vaziyatlarga duch kelishi mumkin. “Hozirdanoq Yoshlar parlamentining taʼlim va ishga kirish sohasida bir nechta dastlabki takliflari shakllanganini aytish joiz. Birinchidan, taʼlimning barcha bosqichlarida inson omilini kamaytirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni majburiy qilib belgilash (kirish imtihonlari, jurnallarni yuritish, baholash va shu kabilar) taklif etiladi. Ikkinchidan, ishga kirish boʻyicha tanlovlar onlayn eʼlon qilinishini davlat va nodavlat tashkiloti boʻlishidan qatʼiy nazar joriy qilish lozim. Uchinchidan, ishga kirishda suhbat yoki imtihon jarayonlarini tashkilot saytlarida onlayn translyatsiya qilish mexanizmini ishga tushirish va bunda translyatsiya ovozli boʻlishini inobatga olish kerak. Toʻrtinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yoshlarning doimiy fikrini oʻrganish va maxsus soʻrovlarni tashkil etish lozim boʻladi. Bu jarayonda internet tarmogʻidan keng foydalanish hamda boshqa analogi boʻlmagan yangi platforma yaratish zarur.”3 Mansabdor shaxslar pora oluvchilar bo’lsa, ularga pora taklif qiluvchilar pora beruvchilar deb ataladi va korrupsiyaning vujudga kelishga sababchi vositalar sanaladi Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi. Shaffoflik bo’lmagan joyda esa o’sish va rivojlanish sur’ati pastlab ketadi, ko’zbo’yamachilik avj oladi. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, tarraqiyot yo’liga g’ov bo’ladi. Shu asnosda ta’lim tizimida ham korrupsiyani avj olishi natijasida, kelajakda jamiyatimiz uchun munosib kadr bo’lib xizmat qilish istagi bilan bilim olayotgan yoshlarimizning ongida ham o’ziga bo’lgan ishonch, intilish, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so’nib boradi hamda jamiyatimizda raqobatbardosh kadrlar safiga kira olmaydi. Shu bilan bir qatorda o’zining kelajakdagi o’rnini topish yo’lidagi to’siqlarga bardosh bera olmay taslim bo’lishiga zamin yaratib beradi. Hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan mustaqil O’zbekiston Respublikasidagi ayrim sohalarining tarraqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan korrupsiya sekin astalik bilan yo’qolib bormoqda desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Lekin bu zararli illatni nafaqat ta’lim tizimi balki jamiyatimining barcha sohalaridan quvib chiqarishimiz uchun hamma birdek harakat qilmasa, korrupsiya holatlari yuzaga chiqishi bilan o’z vaqtida chora-tadbir ko’rmasa barcha Yurtboshimiz tomonlaridan barcha amalga oshirilayotgan islohotlar o’z natijasini ko’rsatmaydi. Zero, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Ularni ijrosi ta’minlanishida barchamiz birdek harakat qilishimiz va ushbu zararli illatga qarshi tura olishimiz kerak. Bajardi: KMMT-71 guruh talabasi Sag’dullayev Mirkomilbek 1 "Xalq so'zi" gazetasi Rahim sherqulov so'zi 2 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Milliy kengash raisi T.K. Narbayeva so’zlari 3 Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi Shahnoza JOLDASOVA so’zlari Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling