Talabalar hayotida stress sabablari oqibatlari va oldini olish yo’llari
Download 319.53 Kb.
|
Vazira Umumiy kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning tuzilishi va hajmi.
Ishning obyekti stress haqida keltirilgan ma„lumotlar talabalarning o„qish davri davomida va undan keyin ham sihat – salomatligini muxofaza qilish va mustahkamlashda, yaxshi bilim olishda hamda yetuk mutaxasis bo„lib chiqishida amal qilinishi lozim bo„lgan shartlardan biri bo„lib xizmat qilishi kerak.
Kurs ishning tuzilishi va hajmi. kirish, 5 ta bob, xotima, xulosa va adabiyotlar ro„yxatidan iborat. Ish 61 sahifadan iborat bo„lib, unda 1 ta rasm keltirilgan. I BOB. STRESS VA UNI O’RGANISHNING QISQACHA TARIXIIlm - fan tez rivojlanayotgan hozirgi davrda bepoyon kosmik bo„shliqlarning o„zlashtirilishi, inson qadami yetmagan saxro va myzliklarning o„rganilishi, dengiz va okeanlar tubining zabt etilishi hamda yangidan – yangi juda murakkab elektron hisoblash mashinalarini barpo qiliinishi bilan xarakterlanadi. So„ngi yillarda ekologiyada kuzatilayotgan muvozanat buzilishi, kimyo sanoatining inson hayotiga bo‟lgan ta‟siri, sivilizatsiyaning jadallashuvi, shaharlarning kattalashuvi, transportning ko‟payishi va shovqin – surovlarning oshishi kabi holatlar, tabiiyki, inson salomatligi uchun xatarli bo‟lgan asab ruhiy zo‟riqishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarda ishlash va mehnat qilish odam organizmiga bir qator noqulay va zararli faktorlarni ta‟sirini keltirib chiqaradi. Odam qanday sharoitda mehnat qilmasin, uning organizmi o‟ziga xos bir qator hayot ko‟satgichlarini ya‟ni tana temperaturasini, qon bosimini, nafas olishni va yurak urush sonini ma‟lum bir belgilangan chegarada saqlab qoladi aks holda organizm halok bo‟ladi. Har xil ta‟sirotlar natijasida organizmda bo‟ladigan o‟zgarishlarni 1 – marta Kanadalik mashhur olim Gans Selye ko‟p yillik tajribalariga tayanib har tomonlama asoslab berdi [14; 15;]. Stress terminini fanga 1- marta Selye tomonidan kiritilgan. Stress so‟zi ingliz tilidan olingan bo‟lib, “stress” – bosim, kuchlanish, tanglik degan ma‟nolarni bildiradi. Stress deb haddan tashqari zo‟riqish natijasida organizmda paydo bo‟ladigan umumiy tanglik holatiga aytiladi. Stress vaqtida odamning asab torlari taranglashadi, markaziy asab tizimida qo‟zg‟alish va tormozlanish jarayoni muvozanatiga putur yetib, qo‟zg‟aluvchanlik oshadi. Asablarning charchashi yoki emotsional toliqish holatlariga, ishdan qoniqmaslik, ishda yoki oilada kelishmovchilik, yashash sharoitlarining og‟irligi sabab bo‟lishi mumkin [5; 3; 17]. Download 319.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling