Talabalar ligasi 3-o'yini savollar paketi
Javob: Metropoliten liniyalari. Qabul
Download 1.24 Mb.
|
3-TUR METSENAT
Javob: Metropoliten liniyalari.
Qabul: Metropoliten; Metro. 10. Zebralarning yirtqichlar hujumidan qutilib qolishiga ularning tezligi ba'zida katta yordam beradi. Olimlarning aniqlashicha, zebralarning omon qolishiga U ham katta yordam berar ekan. U ilk bora Britaniya transport vaziri tomonidan YO‘LGA qo‘yilgan. Savol: U o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering. Javob: Zebra chiziqlari. Qabul: Yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagi. Izoh: Yirtqichlar ov qilayotganda o'z o'ljasini aniq belgilab oladi. Zebralar bir biriga juda o'xshash bo'lganligi sababli, yirtqichlar o'z o'ljasini oldindan belgilab olishiga qaramasdan, poda harakatga kelganda, ba'zida ular o'z o'ljasini adashtirib qo'yadi va chalg'ib qoladi. Natijada ov to'xtab qolishi mumkin.Aynan shu holat ularga omon qolishiga yordam beradi. 11. Ushbu qo’shiq o‘z davrida gullab-yashnagan. Uni qozoqlar orasida dastlab Nurlan Nasip va Samara Karimova “Birga bo‘laylik" nomi bilan ijro etgan. Bundan tashqari, ushbu qo‘shiq qirg‘iz, uyg’ur va ozor kabi 10 ga yaqin millat va elatlar vakillari tomonidan ijro etilgan. Eng birinchi bo‘lib esa 1994 - yilgi o‘zbek filmida Zaynab Mirzatillayeva va Kozim Qayumov tomonidan ijro etilgan. Savol: Siz menga o‘sha o‘zbek filmining nomini yozib bering. Javob: “Masxaraboz”. Izoh: "Atirgullar ochdi chiroy" yoki "Azizim" qo'shig'i 1994-1996-yillari suratga olingan “Masxaraboz” filmida kuylangan. Ssenarist va rejissyori Sharof Boshbekov, 2014-yili xonandalar Jasurbek Jabborov va Dilnoza Akbarova “Azizim” nomi bilan qayta kuyladi. Sher muallifi esa Azim Suyun . Bastakor Mirhalil Mahmudov. 12. Tarixda birinchi avtomobil o‘g’irligi qachon boʻlgan deb oʻylaysiz, uni kim sodir etgan? Dunyoda ilk avtomobil o‘g‘irligini Mersedez Yellinik ismli qiz sodir etgan. Mashinada 200 kilometrga yaqin yo‘lni bosib o‘tib, yoʻl davomida maʼlum muassasalarga toʻxtashiga toʻgʻri kelgan. Savol: Mersedez Yellinik qanday muassasaga toʻxtaganligini yozib bering. Javob: Dorixonaga. Izoh: Dastlab benzinlar dorixonalarda sotilgan, u avtomobil uchun benzinni dorixonadan olgan. Biz ham hozircha o‘z savollarimizni yakunlaymiz. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling