Talabalar ligasi 4-o'yini savollar paketi
Download 0.53 Mb.
|
4-TUR TAFAKKUR
Talabalar ligasi 4-o'yini savollar paketi. mad_max93May 15, 2022 Assalomu alaykum barcha-barchaga. Demak, Talabalar ligasining navbatdagi turini Tafakkur jamoasi olib boradi. Bugungi o’ynaladigan savollar paketini tuzish, to’plash, tahrir qilish va tekshirishda faol ishtirok etganliklari uchun Sardor Elmurodov, Baxtiyor Abdullayev, Doston Jo’rayev, Muhsin Abdurahimov, Abduroziq Husanov va Obidjon Yo’ldoshevlardan iborat mualliflar jamoasiga hamda Zakovat intellektual klubi xodimlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Jamoalarga eslatma: savol, uning javobi va izohini e’tibor bilan eshitishingizni so’raymiz. Savol tartib raqami e’lon qilinganidan so‘ng aytilgan yoki aytilmagan har qanday so‘z savolga bevosita aloqador bo‘lishi mumkin. Agar aloqadorlik bo‘lmasa, bu holat boshlovchi tomonidan ogohlantiriladi. Barchaga omad tilagan holda o’yinlarimizni boshlaymiz. 1-tur 1. U 2013-yildan buyon oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazib kelinadi. Uning ishtirokchilari nazariy bilim, o’zaro blits savol javoblar va yoshlarga oid qonunchilik - yoshlar nigohida kabi shartlar asosida bellashishadi. Bugungi tur o’yinini ham qaysidir ma’noda U deyishimiz mumkin. Savol: UNI ikki so’z bilan yozib bering. Javob: Tafakkur sinovlari Izoh: Yurtimizdagi OTM talabalari o’rtasida o’tkazib kelinayotgan Tafakkur sinovlari tanlovi yuqoridagi beshta shart asosida olib boriladi. Ya’ni ishtirokchilar Uzb respublikasi konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro hujjatlar, Prezident farmonlari va asarlari, so’nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan islohatlar doirasida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazadi. Bugungi savollar paketini ham Tafakkur sinovlari ya’ni Tafakkur jamaosi sinovlari deb atash mumkin. Ushbu sinovlarda barchaga omad tilaymiz. Manbalar: http://liderman.zn.uz/2016/04/27/tafakkur-sinovlari-respublika-tanlovi/ https://kun.uz/uz/news/2016/12/13/eslaraftaligi2016-tafakkur-sinovlari-respublika-tanlovi-boslandi 2. Artelning zamonaviy simsiz quvvat oluvchi ALFA nomli smartfoni reklamasida "Hayotingizni tezlashtiring" degan jumlani koʻrish mumkin. Biz yuqoridagi gapda bir harfni boshqa harfga almashtirdik. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling