Talabalar ligasi 7-tur o'yini savollar paketi


Download 0.74 Mb.
bet6/9
Sana13.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1457182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-TUR

12. Tarqatma material:

Qarshingizda bir voqeaga atalgan muzey, BU voqea insonlarda salbiy xotiralarni qo‘zg‘amasligi uchun, 1834-yil Albert Young unga “party” so‘zini qo‘shib aytishni taklif qiladi. Benjamen Franklinning aytishi bo‘yicha BU voqea mamlakatga 70 ming funt zarar keltirgan.
Savol: Siz suratdagi muzey qaysi shaharda joylashganligini yozib bering.
Javob: Boston
Qabul: Aniq javob.
Izoh: “Boston choyxo‘rligi” voqeasi dastlab Bostondagi revolutsiya yoki to‘polon deyilgan. 1834-yilda Albert Young “Boston tea party” deb qayta nomlagan. Franklin bu voqea mamlakat byudjetiga katta zarar keltirgan degan, undan tashqari tarqatmada ham Boston chorxo‘rligi munosabatiga bag’ishlangan muzey. Birinchi raundni yakunlab biz jamoalarga biroz choyxo‘rlik qilib olishlari uchun vaqt beramiz.
2-tur.
1. Futbol.ru sayti 2022-yil 22-may butun Italiya SHUNDAY boʻldi deb yozadi.
Savol: 1830-yildagi boshqa bir SHUNDAY nomli asarni kim yaratganini yozib bering.
Javob: Stendal
Qabul: Anri Mari Beyl
Izoh: Milan jamoasining Italiya A seriasida g‘olib bo‘lganidan so‘ng butun Italiya qizil-qora rangga kirgan deyiladi. “Qizil va Qora” asarining muallifi Stendal.
Muallif: Zuhriddin Ochilov/Abdulvohid Abdullayev
2. 1990 -yilgi o‘zbek filmidagi “Tilla Bola” kognitiv dissonansga uchraydi va yuqori kuchlanish natijasida “halok” bo‘ladi. 1915 yilda tug‘ilgan Ser Denis esa umrini oxirigacha “Tilla bola”ga sodiq qolib birga hayot kechirgan.
Savol: “Tilla Bola” o‘rnidagi 2 so‘zni yozib bering
Javob: “Temir xotin”
Qabul: “Temir xonim”
Izoh: Sharof Boshbekovning asari asosida suratga olingan Temir xotin filmidagi Alomat qishloq odamlar hayotini tahlil qilib, kognitiv dissonansga uchraydi va yuqori kuchlanishli tranaformatorga ulanishi natijasida halok bo‘ladi. Sen Denis Tetcher esa “Temir Xonim” Margaret Tetcherning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. “Tilla bola” va “Temir xotin” Sh.Boshbekovni asarlaridir.
3. Boliviyadagi “Loguna Kolorado” ko‘lining suvi temir oksidi pigmentlari va cho‘kindi bakteriyalar hisobiga o‘ziga hos xususiyati bilan boshqa ko‘llardan ajralib turadi. Shu sababli ko‘lning ikkinchi nomi SHUNDAY. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida ham SHUNDAY nomli tuman mavjud.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling