Talabalar ligasi 7-tur o'yini savollar paketi


Download 0.74 Mb.
bet9/9
Sana13.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1457182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-TUR

Javob: “O‘lat”
Qabul: O‘lat; tarjimadagi xatolar tufayli vabo javobi ham qabul.
Izoh: Alber Kamyuning “O‘lat” asari (aslida “Vabo”) Jazoirda bo‘lib o‘tgan, undan tashqari Kamyuni o‘zi ham Jazoirdan. Pushkinning “O‘lat vaqtidagi ziyofat” asari 1830-yil yozilgan.
10. BU INSON oʻzining mashhur asaridan tushgan gonorarni “qonli pul” deb atab, uni olishdan bosh tortadi. Bu pullarni u, genotsid qurbonlariga yordam berish uchun oʻzi asos solgan “Shoa fondi”ga, aniqrog‘i yahudiylar fondiga o‘tqazib beradi.
Savol: Oʻzining XX asr 90-yillar boshidagi asarini BU INSONga bag‘ishlagan yurtdoshimizni yozib bering.
Javob: Zulfiqor Musoqov
Qabul: Faqat aniq javob.
Izoh: Bu inson – Stiven Spilberg. Zulfiqor Musoqov “Abdullajon yohud Stiven Spilbergga bagʻishlanadi” filmi rejissori hisoblanadi. Spilberg “Shindler roʻyhati” filmidan tushgan gonorarni genotsid qurboni boʻlgan yahudiylarga yordam fondiga oʻtkazadi. Bizga yaxshi ma’lumki Spilbergni oʻzi ham yahudiy.
Manba(lar):.1) https://afisha.nyc/stiven-spilberg-10-faktov/
11. Aliexpress.com saytida telefon uchun mo‘ljallangan temir g‘ilofning har qanday ZARBAGA dosh bera olishini ko‘rsatish maqsadida g‘ilof yonida USHBU predmet ham tasvirlangan.
Savol: Uni xohlasangiz bir so‘zda, xohlasangiz ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Myolnir
Qabul: Tor bolg’asi.
Izoh: Temir g’ilofga, temir bolg’a bilan ursangiz ham zarar ko‘rmasligi reklamada kreativ holda tasvirlangan.
12. UNING tashabbuskori sovet pedagogi Fyodor Bryuxovskiy bo‘lib, U 20-asrning 40-yillaridan boshlangan ekan. UNDA ayrim o‘ziga xos an’analar bor, masalan, nutq so‘zlash, bir hil kiyim kiyish, turli qiziqarli mavzularda kvest o‘ynash. Xitoyda esa U vaqtida oynalardan predmetlar uloqtirilar ekan. Qo‘shiqchi Alisher Zokirov ijodida ham U bor.
Savol: Siz menga UNI ikki so‘zda yozib bering.
Javob: “So‘ngi qo‘ng‘iroq”
Qabul: So‘ngi qo‘ng‘iroq.
Izoh: 1948-yili pedagog Fyodor Bryuxovskiy ilk bora so‘ngi qo‘ng‘iroq rejasini ommalashtirgan. Xitoyda so’ngi qo’ng’iroqda vaqtida o‘quvchilar qalam, daftarlarini uloqtirishar ekan. Alisher Zokirovning huddi shu nomdagi taronasi mavjud.
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling