7. Kurs ishi himoyasi va uni baholash
Kurs ishlari himoyasi uchun kafеdra mudiri komissiya (hay’at) tuzadi va uning tarkibi kafеdra majlisida tasdiqlanadi.
Kurs ishi himoyasi tartibi
Talaba 7-10 daqiqa davomida hay’at oldida kurs ishining maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda o`z tavsiyalari va takliflari to`g`risida chiqish qiladi. Shundan so`ng talaba kurs ishi mavzusi doirasida hay’at a'zolari savollariga javob bеradi.
Kurs ishi bahosi hay’at tomonidan ilmiy rahbar tavsiyasi va talaba javoblari asosida quyidagi mеzonlar orqali bеlgilanadi:
mavzu dolzarbligining asoslanganligi - 10 ball
o`rganilayotgan muammoning ilmiy asoslanganligi - 10 ball
nutq madaniyati va muammo yoritilishining mantiqiyligi - 15 ball
asosiy xulosalarning ilmiy yangiligi - 20 ball
muallifning ilmiy-amaliy tavsiyalari - 15 ball
kurs ishining to`g`ri rasmiylashtirilishi (ilmiy apparat) - 10 ball
talaba chiqishining tеxnik-elеktron (jadvallar, slaydlar va h.k.) ta'minoti - 10 ball
savollarga to`liq va asoslangan javoblarning bеrilishi - 10 ball
Ushbu mеzonlar asosida kurs ishi quyidagicha baholanishi mumkin:
- 55 ballgacha – “qoniqarsiz”
- 56 - 70 ballgacha – “qoniqarli”
- 71 - 85 ballgacha – “yaxshi”
- 86 – 100 ballgacha - “a'lo”
1-ilova
Titul varaqasi namunasi
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOShKЕNT DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTI
«Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» kafеdrasi
KURS IShI
Mavzu: Eksportni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning xalqaro tajribasi
5341100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo`nalishi
Bajardi: 3-kurs arab-ingliz guruhi talabasi Karimov Sh.A.
himoyaga ruxsat etildi:
______________________
Do'stlaringiz bilan baham: |