Talabalarda innovatsion fikrlash ko’nikmalarini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarda-innovatsion-fikrlash-ko-nikmalarini-takomillashtirishning-nazariy-metodologik-asoslari
www.scientificprogress.uz
Page 176 tadbirlari to’g’risidagi” PQ- 3365 son Qarori, 2017 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” PF – 5264 - son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-son Farmoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” PQ-3416-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Respublikamizda talabalarning innovatsion fikrlash ko’nikmasini takomillashtirish ularni innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari A.Abduqodirov, N.Azizxodjaeva, B.Adizov, N.Sayidahmedov, J.Yo’ldoshev, F.Yuzlikaev, R.Djuraev, Sh.Mardonov, O’.Tolipov, D.Yunusova, S.Bozorova, M.Jumaniyozova, Sh.SHodmonova, R.Safarova, A.Choriev, M.Quronov, O.Musurmonova, B.Farberman, S.G’ulomov, U.Nishonalievlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Hozirgi vaqtda innovatsion jarayonlarning tarixiy-pedagogik, nazariy-metodologik jihatlari mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari olimlari, jumladan, V.A.Slastyonin, L.P.Podlasiy, V.I.Zagvyazinskiy, A.Ya.Nayn, V.S.Lazarev, I.R.Aljanova, Ye.P.Morozov, P.I.Pidkasistiy, M.Potashnik, G.Musabekova kabilarning tadqiqot ishlarida yoritib o’tilgan. Pedagogik innovatikaning ta’lim tizimida yangiliklar joriy qilish nazariyasi va amaliyoti sifatida yuzaga kelishi va rivojlanishi masalalari rossiyalik professor N.R.Yusufbekova tomonidan yuqori ilmiy-metodik darajada tadqiq qilingan. Uning benazir xizmati shundaki, u birinchi bo’lib pedagogik innovatikani mustaqil fan sifatida o’z predmetiga ega ekanligini ilmiy asosladi. Xorijiy tadqiqotlar tajribasida ta’limda innovatsiyalar, innovatsion fikrlash, innovatsion tafakkur, innovatsion faoliyat, o’qitish texnologiyalarini loyihalash muammolari Brene Brovn, Drisker P.F, N.A. Morena, K.L. Kumar, Rao Srinivas, Mishra va P.Xenriksen, M.V.Klarin, Ye.R.Torranse kabi olimlarning ilmiy ishlarida o’z ifodasini topgan. Innovatsion yondashuv, nafaqat yangi ijodiy mahsulotni yaratish, balki, uni amaliyotga joriy etishda samarali fikrlash va uni rivojlantirishni ham nazarda tutadi. O’z oldiga ma’lum bir maqsadni qo’ygan, unga erishish yo’llarini izlagan har bir talaba ma’lum darajada o’z dunyoqarashi, fikrlashi, tafakkuri, tasavvuri va tushunchalariga, shuningdek, shaxsiy yoki ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi ehtiyojlarga asoslanadi. Bunda uning maqsadi, xohishi, istagi bilan birga, undagi manfaatlari va ehtiyoji maydonga chiqadi hamda eng asosiysi mazkur vositalar innovatsion fikrlash ko’nimasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar sifatida qaraladi. Talabalar innovatsion fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish va takomillashtirishda SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling