Talabalarda innovatsion fikrlash ko’nikmalarini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarda-innovatsion-fikrlash-ko-nikmalarini-takomillashtirishning-nazariy-metodologik-asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
www.scientificprogress.uz
Page 175 oshirishda BMTning “XXI asrda oliy ta’lim” butun jahon deklaratsiyasi, YuNESKOning ta’lim dasturlari, Yevropada yaxlit oliy ta’lim tizimini yaratish maqsadida qabul qilingan Balanьya deklaratsiyasi muhim o’rin egallaydi. Ta’lim, fan va madaniyat muammolari bo’yicha BMT (YuNESKO)ning 1998 yildagi «YuNESKO: 2020 yil ufqlari» nomli istiqbolli ma’ruzasida oliy ta’lim tizimi qiyofasiga, o’qituvchilar tayyorlash madaniyati va siyosatiga, ayniqsa, talabalarning yangicha fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish asosida innovatsion faoliyatga tayyorlashning yangi strategiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu bevosita kadrlar tayyorlash sifatini, raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Hozirgi kunda butun dunyoda oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash, ularning innovatsion fikrlash ko’nikmasini, individual ijodiy faoliyatini birmuncha to’laroq namoyish qilish, intellektual salohiyatini oshirish, o’qish jarayonida egallagan bilim, ko’nikma va malakalar zahirasini innovatsion masalalar yechimiga qaratish muammolari alohida o’rin egallamoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, maqsad va vazifalarini aniqlashtirishni, talabalarda innovatsion fikrlash ko’nikmasini takomillashtirish mazmunini oliy ta’lim muassasalari innovatsion tizimining yangi talablariga muvofiq ravishda integratsion yondashishga talab etmoqda. Respublikamizda xalqaro talablarga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion faolligini oshirish, ilg’or xorijiy tajribalar asosida innovatsion fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, axborot- kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni samarali qo’llashning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, pedagogik va axborot- kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi ishlarni rivojlantirishni ta’kidlab shunday deydi: «Hammamiz yaxshi bilamiz, bugungi davr yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar zamonidir...»[1]. NATIJALAR Natijada ilg’or tajribalar asosida talabalarning innovatsion fikrlash ko’nikmasi rivojlanadi, ta’lim tizimi jahon andozasi asosida yanada takomillashadi, kadrlar sifati raqobatbardoshlik muhitiga tezkor moslashadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2909 -son Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» PQ- 3151 son Qarori, 2017 yil 1 noyabrdagi “Ilmiy tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va Innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora- SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling