Tаlаbаlаrdа liderlik qobiliyatini rivojlаntirishning аyrim metodologik mаsаlаlаri
Download 212.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqtalabalarda-liderlik-qobiliyatini-rivojlantirishning-ayrim-metodologik-masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʼzlar
Tаlаbаlаrdа liderlik qobiliyatini rivojlаntirishning аyrim metodologik mаsаlаlаri Zuxra Isaqulovna Qoʼychieva quychiyevazuxra@gmail.com Jizzax politexnika instituti Аnnotatsiya: Mazkur maqolada talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning oʼziga xos xususiyatlari, muhim metodologik jihatlari, ilmiy- nazariy asoslari va metodik taʼminoti, taʼlim jarayonlarida ijodiy hamkorlik muhitini yaratishdagi xorijiy tajriba, talabalar oʼrtasidagi liderlik jarayonlarining pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish boʼyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahliliga eʼtibor qaratilgan. Kalit soʼzlar: oliy taʼlim, talaba, lider, liderlik qobiliyati, kasbiy kompetentsiya, ij-timoiy faollik, taʼlim texnologiyasi, interfaol metodlar, tarbiya, jamoa, motivatsiya, ilmiy tadqiqot, xorijiy tajriba, nazariya, trening, maqsadli tadbirlar. Some methodological problems of leadership ability development in students Zuhra Isakulovna Koychieva Quychiyevazuxra@gmail.com Jizzakh Polytechnic Institute Abstract: This article focuses on the specifics of the development of leadership skills of students, important methodological aspects, scientific-theoretical bases and methodological support, international experience in creating an environment of creative cooperation in the educational process, analysis of re-search work to improve pedagogical mechanisms of leadership processes among students. Keywords: higher education, student, leader, leadership ability, professional competence, social activism, educational technology, interactive methods, education, community, motivation, research, foreign experience, theory, training, targeted activities. Barcha davrlarda jamiyatning taraqqiyoti, uni mamlakatni har tomonlama rivoj topishiga xizmat qilishi, birinchi navbatda ilm-fanga boʼlgan eʼtibor, yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, intellektual salohiyati va oʼz sohasida raqobatbardosh kadr sifatida namoyon boʼlishiga bogʼliq boʼlgan. Hozirgi shiddatli rivojlanish sharoitida ham "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 908 dunyo hamjamiyati hayotida iqtisodiysiyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlarning keskinlashuvi yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, maʼnaviy hayotiga integratsiyalashuvini taʼminlashni taqozo etmoqda. Bu borada davlat va jamiyat barqarorligiga erishishning asosiy omili esa oliy taʼlimda chinakam lider boʼlgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Respublikamizda yoshlarni madaniyat, teatr, saʼnatga qiziqtirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, kompьyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish, kitobxonlikni targʼib qilish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsadida beshta muhim tashabbus ishlab chiqilgan boʼlib, u oʼz navbatida, talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu esa pedagogik jarayonlarda talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish tuzilmasi, komponentlari, mezonlari, asosiy jihatlari va funktsiyalarini aniqlashtirishning muhim ekanligini koʼrsatadi. Hozirgi vaqtgacha jahon miqyosida talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, sotsiologik va psixologik yoʼnalishlari boʼyicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, amerikalik olimlar U.Bennis va B.Nanuslarning uzoq yillik ilmiy tahlillari natijasiga koʼra, liderlikning 850 dan ortiq taʼrifi hamda ushbu mavzu doirasida minglab empirik izlanishlar olib borilgani taʼkidlab oʼtilgan. Nьyu-Yorkning Bingemton davlat universiteti professori, B.M.Bassning qayd etishicha, lider va liderlik xususida oʼtgan asrning oʼzida 11000 dan ortiq kitob va maqolalar chop ettirilgan. Kanadaning York universiteti tadqiqotchisi J.Gringberg oliy taʼlim muassasalari talabalarida yetakchilikni quyidagi asoslarga tayanib, tahlil qilgan: talabalarda lider shaxsini shakllantirish, liderlikni rivojlantirish nazariyasi, modellari va tarbiyaviy jarayonlar, liderlardagi ijtimoiy oʼzgarishlarni kuzatish, ayniqsa yigit va qizlar liderligi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Tadqiqotda keltirilishicha lider nazariyasiga doir 4 xil nuqtai nazar mavjud: - liderlar tugʼiladi, yaʼni tugʼma qobiliyat boʼlib, u shakllantirilmaydi; - liderlik qobiliyati bu oʼquv tajribasining tabiiy natijasi sanaladi; - liderlik-bu pedagogik jarayonlar asosida yoʼnaltirilgan qobiliyatlarning samarasi; - strategik tajribalar asosida talabalarning qobiliyatidan kelib chiqib muayyan xizmatga jalb qilish ahamiyatlidir. Rossiyalik tadqiqotchi А.V.Zorina tomonidan “liderlik” - shaxsning jamoada muvaffaqi-yatli faoliyatni yoʼlga qoʼya olishi, ijobiy muhit yaratishi, umumiy maqsadlarga erishishiga hissa qoʼshishi bilan bogʼliq jarayon sifatida tushuntirilgan. Liderlik kompetentsiyasi - bu kishilarni, jamoa aʼzolarining xayrxohligi asosida ish fa-oliyatini foydali hamkorlik uchun tashkil etish qobiliyati, muayyan rahbarning nizolarni sama-rali hal etish va unga erishish jarayoni sifatida izohlanadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 909 Istalgan yosh davrida tashkilotchilik sifatlarni tarkib toptirish, mavjud liderlik layoqatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish pedagogdan oʼziga xos tayyorgarlikni talab etadi. Los Аnjeles Oliy taʼlim ilmiy tadqiqot instituti professori А.Аstinning taʼkidlashicha, “Oliy oʼquv yurtlarida talabalarda liderlikni rivojlantirish juda muhim va foydalidir. Chunki ba-kalavr darajasida ularning tajribasini boyitib borish, ularga kelgusida oʼz hayotlarini nazorat qilish imkonini beradi”. А.Аstin oʼz tadqiqotlarida pedagogik jarayonlarda talabalar oʼz vaqtlarining katta qismini oʼquv rejadagi fanlarni oʼzlashtirishga qaratib, faqat auditoriya mashgʼulotlariga katta eʼtibor qaratib qolinganligini muammo sifatida qaraydi. Haqiqatan, talabalarning auditoriyadan tashqari mashgʼulotlarga keng jalb etish, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishning maqbul yechimlarini hisobga olish lozim. Mazkur jarayonlarni toʼgʼri tashkil etish uchun quyidagi muhim jihatlarga eʼtibor qaratish zarur: 1. Talabaning ijtimoiy (oilaviy) ahvoli. 2. Yoshi va yashash hududining xususiyatlari. 3. Moliyaviy resurslardan foydalanishi. 4. Vaqtni toʼgʼri taqsimlashi. 5. Koʼngillilik (volontyorlik) faoliyatiga boʼlgan mayli. 6. Jamoa bilan ishlash layoqati. 7. Yoshlar tashkilotlaridagi faolligi. Аynan ushbu jihatlarga alohida eʼtibor qaratish talabalardagi mavjud, “yashirin” liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, tashkilotchilik sifatlarini namoyon etish imkoniyatini beradi. Qozogʼistonlik tadqiqotchilarning fikriga koʼra, talabalardagi liderlik koʼp oʼlchovli pedagogik hodisadir. Liderlik qobiliyati murakkab majmuaviy tizim sifatida barcha shaxsiy sifatlar va xatti harakatlar asosida shakllanadi. Ularning fikriga muvofiq, talabaning liderlik qobiliyatini rivojlantirish uchun eng muhim narsa bu - pedagogik raqobat muhitidir. Shuningdek, qobiliyatlar tizimi, muloqot koʼnikmalari va shaxsiy sifatlar mazkur jarayonda muhim oʼrin tutadi. Respublikamizda talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirishga doir ilmiy izlanishlar olib borgan olima N.N.Djamilova, liderlik qobiliyati bilan bogʼliq quyidagi sifatlarni aniqlashtirgan: ♦ intizomlilik - oʼzini oʼzi tashkillashtirish, javobgarlikni his qilish, shaxsiy maqsadlar va ijtimoiy koʼrsatmalarga boʼysunishga tayyorlik; ♦ mustaqillik - shaxsning ichki pozitsiyasi, oʼzgalarning yordamisiz faoliyatni takomillashtirish uchun zarur bilim, koʼnikma va malaka hamda kompetentsiyalar tizimi; ♦ ishchanlik - oʼquv, mehnat va ijtimoiy faoliyatda aniq maqsad asosida harakat qilish, oʼzining kuch va gʼayratini safarbar etish; "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 910 ♦ tashabbuskorlik - oʼquv va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun yangi gʼoya va takliflarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatda namoyon etishga qodirlik; ♦ maqsadga yoʼnalganlik - hayotiy pozitsiyasini aniq belgilay olish va oʼz maqsadiga erishish usullarini modellashtirish qobiliyati; ♦ masʼuliyatlilik - jamiyat tomonidan belgilangan xulq atvor meʼyorlariga muvofiq oʼz xatti harakatlari natijalarining toʼliq anglanishi, berilgan topshiriq va vazifalarni oʼz vaqtida hamda bekamu koʼst bajarish istagi; ♦ mehnatsevarlik - shaxsning mehnat faoliyati jarayoniga ijobiy munosabatining namoyon boʼlish shakli boʼlib, xohishistak, iroda va faollik kabi xususiyatlarning integrallashuvi; ♦ muloqotchanlik - birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlik, shaxslararo munosabatga ochiqlik, oʼzaro hurmat va samimiylik asosida ichki hissiyot va intilishlarini namoyon etish; ♦ olijanoblik - doimiy yordamga, muruvvat va saxovat koʼrsatishga shaylik, boshqalarning yutuqlari va qaygʼulariga hamdard boʼlish; ♦ qatʼiylik - aniq va toʼgʼri qarorlar qabul qilish asosida masalaning yechimini topishda jonbozlik koʼrsatishga doir shaxsning irodaviy sifati; ♦ tolerantlik - oʼzgalarning dunyoqarashi, diniy eʼtiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, anʼana va marosimlariga hurmat ehtiromda boʼlish, muomala- munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yoʼl qoʼymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla koʼyda bunga rioya etish. Jahon va milliy tajriba tahlili shuni koʼrsatadiki, lider qaysi yoʼnalishda namoyon boʼlishidan qatʼiy nazar uning shaxsiga doir oʼziga xos qobiliyat va sifatlar tarkib topishi zarur: ♦ birinchidan, barcha ruhiy taʼsir etish bilimlarini jamlagan emotsional intellekti (EQ) ning mavjud boʼlishi; ♦ ikkinchidan, guruh yoki jamoa aʼzolari orasida oʼzining bilimi va koʼnikmalarini birgalikda baham koʼrishi, targʼib qilishi va muayyan maqsadga yoʼnaltirishda foydalana olishi; ♦ uchinchidan, kommunikativlik va samarali muloqotni amalga oshirishni uddalay olishi; ♦ toʼrtinchidan, maʼlum bir vazifani amalga oshirishda unga tegishli tajribani egallaganligi va bajarish jarayonida shaxsiy namuna boʼla olishi; ♦ beshinchidan, jamoa aʼzolari orasida adolatni taʼminlay olishi va umumiy manfaatga erishish orqali jamoaning har bir aʼzosi manfaatini ifoda eta olishi; ♦ oltinchidan, jamoa oldidagi umumiy ezgu maqsadga yoʼnaltirilgan vazifalarni toʼgʼri taqsimlash va bajarilishini nazorat qila olish sanʼatini egallaganligi; "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 911 ♦ ettinchidan, “time management”ga qatʼiy rioya etishi, yaʼni vaqtni toʼgʼri taqsimlay olishi; ♦ sakkizinchidan, oʼzini oʼzi doim tahlil qila olish koʼnikmalarini oʼz ichiga oladi. A.V.Аrtamonovaning tadqiqotiga asosan, pedagogik jarayonni tashkil etishda rasmiy oʼquv shakliga nisbatan qatʼiy taʼlim nazoratidan holi boʼlgan individual oʼquv kurslari talabani lider sifatida tarbiyalaydi. Shaxsga yoʼnaltirilgan pragmatik oʼqitish usuli talabaning ichki qobiliyatlarini namoyon qilish imkonini beradi va oʼqituvchi yoki trener bilan talaba oʼrtasidagi mazmunli aloqani taʼminlaydi. Eng muhimi, ijtimoiy gumanitar fanlar vositasida interfaol oʼquv kurslarini yoʼlga qoʼyish koʼzlangan maqsadga erishishni osonlashtiradi. Kurs metodikasida talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning 5 bosqichli kombinatsiyasini ifoda etgan model taqdim etilgan. Unga binoan, oʼz oʼzini anglash, oʼz oʼzini boshqarish, motivatsiya, ijtimoiy koʼnikma uchun sharoit yaratish oʼquv kurslarining natijadorligini oshiradi. Oliy taʼlim muassasalarida talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning oʼziga xos xususiyatlari rossiyalik professor N.P.Puchkovning tadqiqotlarida ham alohida oʼrganilgan. Tadqiqotda keltirilishicha, pedagogik shart sharoitlar asosida talabada liderlik kompetentsiyalarini rivojlantirish orqali uning boshqa sifatlarini integratsiyalash va umummadaniy salohiyatini oshirish mumkin. Uning nazariyasi talaba shaxsidagi liderlik qobiliyatlari 3 ta muhim shartlar asosida rivojlanishiga erishishni oʼzida aks ettiradi: - pedagogika va psixologiya fanlari doirasida maxsus oʼquv mashgʼulotlari orqali rejalash-tirilgan muammolarni bartaraf etish asosida liderlik kompetentsiyalarini rivojlantirish; - talabalarni maxsus kasbiy jarayonlarga jalb etish va bevosita boshqaruvga doir saʼy harakatlarini amalga oshirish imkonini berish; - talabalarni auditoriyadan tashqari mashgʼulotlarda turli tadbirlar va konferentsiyalarda ishtirokini taʼminlash orqali tajribasini boyitib borish. Mazkur tadqiqot talabaning lider boʼlish istagiga turtki beradi, uni oʼz oʼzini kashf qilishiga imkon yaratishiga urgʼu qaratadi. Yaʼni, talabalar oʼz hatti harakatlarini pedagogik munosabatlarning bevosita markazidan boshlaydi, muammoli vaziyatdan chiqishning imkonini qidiradi. Keyingi bosqichda oʼzini rahbardek his qilish imkoniga ega boʼlgani holda, oldindan kutilmagan kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarishga urinadi. Natijada egallagan intellektual va kasbiy koʼnikmalari asosida aniq maqsadga yoʼnaltirilgan tadbirlarda yanada faollashadi, tajribasi ortadi. Tadqiqot natijalari har bir davlatning talabalarni liderlik qobiliyatini shakllantirish va uni rivojlantirib borish boʼyicha oʼz tajribasi hamda texnologiyasi mavjudligini koʼrsatadi. Talabalarda liderlik hodisasi oʼzgaruvchan intellektual va hissiy komponentlarga ega, murakkab tuzilishga ega boʼlib, hududiy jihatdan oʼziga "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 912 xosliklarni oʼz ichiga oladi. Liderlarni tarbiyalashga har bir davlatning milliy masalasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki taʼlim-ning barcha bosqichlarida yoshlarning liderlik koʼnikmalarini shakllantirishga boʼlgan pedagogik ehtiyoj, oʼsha davlatning milliy mentaliteti va kadrlar tayyorlash milliy strategiyasiga xosdir. Binobarin, mamlakatning taʼlim siyosati har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash boʼyicha oʼzining iqtisodiy siyosiy, ijtimoiymadaniy barqarorligi ilm fan taraqqiyotini taʼminlovchi talab-lar asosida shakllantirib boriladi. Tahlillar shuni koʼrsatadiki, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tizimida talabalarni liderlik qobiliyatlarini rivojlantirib borish uzluksiz ravishda kechadi. Bu yoʼnalishdagi asosiy saʼy harakatlar oʼquv jarayonidan tashqari, maxsus dasturlar va turli darajadagi tadbirlar vositasida amalga oshiriladi. Eng muhimi, taʼlim oluvchilarni oʼz qobiliyatlarini toʼlaqonli yuzaga chiqarishi, kasbiy hayotiy koʼnikmalarini egallashlari uchun erkin ijodiy muhit yaratiladi. Etiket qoidalariga zid boʼlmagan holda har qanday rasmiylik va qatʼiy cheklovdan holi pedagogik muhitning mavjudligi samarali lider tayyorlashning muhim omilidir. Download 212.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling