Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari


 To‘g‘ri  muomala  qila  olish  qobiliyati


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana29.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#183640
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

7. To‘g‘ri  muomala  qila  olish  qobiliyati  —  bolalarga  yaqinlasha  olish 

o‘quvchilarga  to‘g‘ri  yondoshish  yo‘lini  topa  olish,  ular  bilan  pedagogik  nuqtai 

nazardan  juda  samarali  o‘zaro  munosabatlar  o‘rnata  bilish,  pedagogik  nazokatning 

mavjudligidadir. 



8.  Oldindan  ko‘ra  bilish  qobiliyati  —  o‘z  harakatlarining  oqibatini  ko‘ra 

bilishda,  o‘quvchining  kelgusida  qanday  odam  bo‘lishini  tasavvur  qila  olishda, 

tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera 

olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat tarbiyaning qudrati va odamga bo‘lgan ishonch bilan 

bog‘liq. 



18 

 9.  Diqqatni  taqsimlay  olish  qobiliyati  —  o‘qituvchida  diqqatning  barcha 

xususiyatlari  —  hajmi,  kuchi,  ko‘chuvchanligi,  idora  qilinishi,  safarbarligi  kabilar 

taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir. 

Diqqatni  ayni  bir  vaqtda  taqsimlash  qobiliyati  —  o‘qituvchiliquchun  alohida 

ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmuni 

va shaklini,  o‘z fikrini (yoki o‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda 

barcha o‘quvchilarni ko‘rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik tushunmaslik alomatlarini tez 

payqab  oladi,  intizomsizlik  hollarini  e’tibordan  qochirmaydi,  nihoyat,  o‘z  xatti-

harakatlarini  ham  kuzatib  boradi.  Tajribasiz  o‘qituvchi  ko‘pincha  materialni  bayon 

qilishga  berilib  ketib,  o‘quvchilarni  e’tibordan  chetda  qoldiradi,  nazorat  qilmay 

qo‘yadi,  bordi-yu o‘quvchilarni diqqat  bilan kuzatishga  harakat  qilsa,  fikr  kalavasini 

yo‘qotib qo‘yadi. 

O‘qituvchi  yuqorida  ko‘rsatilgan  qobiliyatlardan  tashqari  bir  qancha  ijobiy 

sifatlarga  —  aniq  maqsadni  ko‘zlash,  qat’iylik,  mehnatsevarlik,  kamtarlik  kabi 

fazilatlarga ham ega bo‘lishi kerak. 

Bunday  xususiyatlar  bo‘lmasa,  o‘rtamiyona  pedagogik  darajasidan  yuqoriga 

ko‘tarila olmaydi. 

 



19 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling