bilimdan iborat bo‘lmaydi. Ana shu tasavvur kishi tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan,
bevosita his qilish natijasida kelib chiqqan va yaxshi tafakkur qilingan bo‘lishi zarur.
Faqat ana shundagina ular e’tiqodga aylanadi, inson o‘z hayoti va faoliyatida ularga
Passivlik, loqaydlik, voqyelikka yuzaki munosabatda bo‘lish singari hollar
o‘qituvchi dunyoqarashiga yotdir. Uning e’tiqodi aktiv faoliyat natijasi hisoblanib,
40
yosh avlodni milliylik ruhida tarbiyalashga, buyuk davlat quruvchisini tarbiyalashga
qaratilgan.
O‘qituvchining ilg‘or falsafiy va ijtimoiy dunyoqarashi mustaqillik voqyeligi
zaminida – fan, adabiyot, san’at, jamiyat a’zolarining faoliyati, yaratuvchilik mehnati
bilan shug‘ullanish natijasida tarkib topadi.
Fizik atomning tarkibiy qismlarga bo‘linishi bilan tanishmoqda, ximik
tabiatdagi moddalar birdan ro‘y beradigan sakrash natijasida o‘zgarishini, miqdor
o‘zgarishlari sifat o‘zgarishiga o‘tishni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ishonch hosil qilmoqda,
materiyaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuzatmoqda; ishlab
chiqarish ta’limi o‘qituvchisi nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lab, aqliy va
jismoniy mehnat, shaxsning garmonik o‘sishiga qanday ta’sir etishini kuzatib boradi.
Pedagogning bilim darajasini barcha fanlar bilan boyitishda, uning qaysi
maktabda – boshlang‘ich maktabdami yoki o‘rta maktabdami – ishlashi hech qanday
rol o‘ynamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: