Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotni o’tkazish tartibi
- “Kollej direktori”
“IMAK TEXNALOGIYASI” (Ishontirish maktabi)
malakasini hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini shakillantirish, shuningdek, jamoada va turli xil vaziyatlarda o’zini tuta olishga o’rgatishdan iborat.
O’quv jarayoni boshlanishida o’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartib qoidalari bilan tanishtiradi. O’quvchidan biri mashg’ulot shartlariga binoan xonadan chiqadi. Qolgan ishtirokchilar esa o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatni nazarda tutuvchi muammoli holatni o’ylab chiqadilar, muhokoma qiladilar va tayyorlaydilar. Boshqacha aytganda, muammoli holatni rollarga bo’lingan holda ijro etishga tayyorgarlik ko’radilar. Masalan, o’quvchilar muhim o’quv mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rib kelganlar, ularning hammasi mashg’ulotda ishtirok etishga tayyor va qiziqish katta, lekin ta’lim muasasi rahbariyati mashg’ulot o’rniga barcha o’quvchilarni hovli, ko’chalarni gulzor va bo’g’larni tozalash, tartibga keltirish yoki ta’lim muasasi yoki stadion teatr majlislar zalida o’tkazilayotgan tadbirda zalni to’ldirish uchun borishga ko’rsatma berishi mumkin yoki o’quvchilar o’zlarining shaxsiy tajribalaridan, o’quvchilik faoliyatlaridan kelib chiqib, sahnalashtirish uchun o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida ziddiyatga olib keluvchi turli holatlar, vaziyatlarni o’ylab topishlari mumkin. O’quvchilar tanlangan muammoni tayyorlayotgan vaqtda tashqariga chiqqan ko’ngilli qatnashchiga o’qituvchi, dekan o’inbosari rolini o’ynashi kerakligi tushuntiriladi, uni alohida bo’ladigan muammo yoki vaziyat bilan tanishtiriladi, tayyorgarlik uchun aniq vaqt ajratiladi. Bir ozdan so’ng tashqariga chiqib ketgan o’quvchi audiotoriyaga taklif etiladi. So’ngra o’quvchilar o’ylab topgan 57 va ular tomonidan sahnalashtirilgan ziddiyatni keltirib chiqaruvchi vaziyat ijro etiladi. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan vaziyatni ijro etish vaqtida, ular har xil xarakterdagi o’quvchilar rolida bolib ziddiyatni keltirib chiqarish uchun ularning qiliqlari, odatlari, so’zlari, harakatlarini ishlatadilar.
Dekan o’rinbosari roliagi tinglovchi ushbu ijro etilayotgan sahna ko’rinishida o’zining tashkilotchilik qobiliyati, ishontira olish malakasi, holatni nazorat qilib turishi, turli vaziyatlar va sharoitlarda o’zini tuta bilishi, boshqara olishi, mazkur holatdan tarbiyaviy usullarda foydalangan holda vaziyatning ,ziddiyatning ijobiy yechimiga erisha olishini namoyish eta olishi kerak. Ya’ni o’quvchilarni o’z fikriga ishontira olishi zarur, aks holda ular o’qituvchiga o’z ta’sirlarini k’orsatishlari mumkin.
Mashg’ulotning keyingi bosqichia o’qituvchi guruh bilan birgalikda dekan o’rinbosarining o’zini tutishi, o’z fikriga qay darajada ishontira olishi, uning ma’daniyati va harakatlaridagi ijobiy va salbiy tomonlarini muhokoma qiladi, berilgan muammoli holatdan chiqishning qulay usullarni aniqlaydi, shuningdek uchrab turishi mumkin bo’lgan muammoli holatlar va ularni yechish usullarini bashorat qiladi.
Mashg’ulotning oxirida o’quvchilar “Murabbiyning tashkilotchilik qobiliyati” mavzusida mustaqil o’qish uchun tarqatma materiallar oladilar.
to’liq, y’ni o’quvchilarning sahnalashtirilgan muammolarini ko’rsatishlari va uni jamoa bilan yechishda dekanning hatti harakatlari , qo’llagan usullarining hammasi videokassetaga tushiriladi. Mashg’ulotning 2-yarmida videokassetani televizor yoki kompyuter orqali namoyishetiladi. Vidiolavhani namoyish qilish mobaynida uning mazmuni jamoaviy muhokama etilishi mumkin. Bunday tahlil har bir qatnashchining o’zini ko’ra bilishi, kerakli xulosa chiqara olishga katta yordam beradi [9:57]. 58
IMAK texnalogiyasiga asoslangan holda dars jarayonida talabalarning tashkilotchilik mahoratlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan dars ishlanmalaridan birini misol keltiraman: Bunda amaliy dars jarayonida o’tkazish uchun mo’ljallangan “Kollej direktori” usulini olsak unda guruh talabalarini o’qituvchining rejasiga binoan pedagogik kengash a’zolariga tayinlanadi masalan; Asilbek direktor, Nodir o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, Fazliddin ma’naviyat ishlari bo’yicga dekan muovini, Gulhayo pedagogik kengash kotibi, kafedra mudirlari etib yana 5ta talaba tayinlanadi, qolgan talabalarni guruh rahbarlari va kollejning boshqa rahbarlari etib tayinlab, ularning har birining vazifalarini tushuntiriladi; Direktor tomonidan masalanni qo’yilishi masalan; “Navro’z” bayrami tadbirini bilim yurtida o’tkazishni tashkillashtirish rejasini qanday o’tkazishni kengash a’zolari bilan muhokoma qilish va bir xulosaga kelib tadbir o’tkazish uchin javobgar shaxsni belgilash va kengash yakunida pedagogik kengash bayonnomasini tuzishni kotibaga topshirish kabilardan iborat. Muhokoma davomida bildirilgan fikirlardan maqbuli tanlab olinadi va “Navro’z” bayramini o’tkazish tartib rejasi tuzib olinadi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling