Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
- devoriy gazeta(biron mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag’ishlangan yoki
hazil mutoyibali, satirik yoki o’quv fani yoki guruh faoliyatiga bag’ishlangan kabilar)
eskizini tayyorlash;
- bayram yoki biror bir tadbirga chorlovchi afishaning masalan e’lon, tashviqot,
taklifnoma eskizini tayyorlash:
- turli tadbirlarga bag’ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini
tayyorlash
- tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash:
- biror tadbir o’tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash:
- ikebana tayyorlash.
Kichik
guruhlarga
topshiriqni
bajarib
taqdimot
qilishlari
uchun
tayyorlanishlariga 30 daqiqa beriladi.
Tayyorgarlik tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o’zlari
tayyorlagan eskiz va maketlarini barchaga tanishtiradilar, namoyish etadilar va
asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o’z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot
tugagach, umumiy muhokoma boshlanadi. Muhokoma jarayonida o’quvchilar
bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o’qituvchining o’zi
yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikir va
takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog’ozga yozib boradi.
Mashg’ulot oxirida o’qituvchi o’quvchilarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar
bo’yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi [9:59].
60
Do'stlaringiz bilan baham: |