O‘qituvchi va yoshlar. Katta yoshdagi o‘quvchilarning o‘sishlari odamning
ham jismoniy, ham ruhiy taraqqiy etishidagi jiddiy o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi.
Ularda kattalarga xos xususiyatlar paydo bo‘ladi.
Katta yoshdagi o‘quvchilar o‘z yosh o‘rtoqlaridan keng va barqaror bilishga
qiziqishlari bilan farqlanadilar.
Yoshlarning mana shu pedagogik xususiyatlarini pedagog hisobga olmog‘i
lozim.
Pedagoglar jamoasida do‘stlik va o‘zaro bir-biriga yordam berish bo‘lmasa, u
yerda fitna, janjallar avj oladi, bunday maktabda miliy-ma’naviy tarbiya haqida so‘z
bo‘lishi ham mumkin emas, binobarin, bu yerda hatto ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy
ishlar ham izdan chiqadi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari ham pasayadi. Yaxshi
tartibli jamoada o‘qituvchilar doim bir-birlariga yordam beradilar, ayrim
tarbiyachilarning yo‘l qo‘ygan xato va nuqsonlarini ko‘pchilik bo‘lib tuzatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |