O‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan irodali ta’siri, ular oldiga qo‘ygan katta
talablari, zarur pedagoglik odobi bilan o‘tkazilgandagina ijobiy tarbiyaviy natija
67
Pedagoglik odobi nima? Bu – o‘qituvchining bolalar bilan to‘g‘ri munosabatda
bo‘la
bilish,
g‘amxo‘rlik
qilish,
jonkuyarlik,
xushmuomalilik
ko‘rsatish,
o‘quvchilarbilan muomala qilishda zarur, ishonchli ohang topish, ular oldiga oqilona
talablar qo‘yish, bolalard inson qadr-qimmatini hurmatlashdir.
Odob – kishi aqlining namoyon bo‘lishidir, ammo u ruhning emosional tomoni
bilan ham mustahkam bog‘langan.
“Pedagogik odob deb ataladigan narsa borki, tarbiyachi, pedagogika
nazariyasini naqadar o‘rganmasin, odob bo‘lmaganda hech qachon yaxshi tarbiyachi –
amaliyotchi bo‘la omaydi” [15:46]. Odobdan ahamiyati kam bo‘lmagan pedagogik
nazokat degan narsa ham bor. Xo‘sh, bu pedagogik odob degan narsaning o‘zi nima?
U o‘z boshimizdan kechirgan turli-tuman psixik odoblarning qorong‘i va chala ongli
xotiralar yig‘indisidan iboratdir. Ana shu xotiralar asosida kishi o‘z tarixining ruhi
bilan boshqa kishining ruhiga ta’sir eta oladigan hamda bunng uchun haqiqatan o‘zida
sinab ko‘rgan vositalarni tanlay biladi. Pedagogik nazokat tug‘ma narsa emas, balki
kishida asta-sekin tarkib topadigan holatdir. Kishi yashagan va kuzatgan sari bu narsa
tarkib topa boradi. Uning o‘z ruhida bergan hodisalar natijasida maqsadli yoki
maqsadsiz bir holda tarkib topadi. Bandan o‘z-o‘zidan shu narsa kelib chiqadiki,
psixologiya bilan shug‘ullanish yoki pedagogik narsalar o‘qish kishining fikrini o‘z
ruhi jarayoni sari yo‘llab, unda pedagogik nazokatning o‘sishiga kuchli ta’sir etishi
mumkin [15:47].
Pedagog obro‘yi tarbiyachining mahoratiga va ijobiy ma’naviy fazilatlariga
tayanadi. Na ko‘ngilchanlik va na shirinso‘zlik pedagogni yetarli obro‘ga ega qila
olmaydi, tarbiyalanuvchilarni unga moyil qilmoq uchun ish, bilim, muvaffaqiyatli
faoliyat lozim. Chin obro‘yga ega bo‘lgan pedagogning kuchi avvalo uning bolalar
jamoasini uyushtirishida va shu orqali bolalarga ta’sir etishida namoyon bo‘ladi.