6. Obro‘ orttira olish qobiliyati — o‘quvchilarning hissiyoti va irodasiga bevosita
ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ o‘qituvchining fanni
yaxshi bilishi, mehribonligi asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy
sifatlarining butun majmuiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi,
chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazolarga), shuningdek o‘quvchilarga
ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishiga, o‘zining haq ekanligiga
ishonishiga, bu ishonchni o‘quvchilarga yetkaza olishiga ham bog‘liq.
O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan
o‘qituvchini juda hurmat qiladilar. O‘qituvchining bo‘shangligi, laqmaligi,
prinsipsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |