o‘quvchilarga to‘g‘ri yondoshish yo‘lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai
nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning
bilishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishda,
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera
olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat tarbiyaning qudrati va odamga bo‘lgan ishonch bilan
18
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — o‘qituvchida diqqatning barcha
xususiyatlari — hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilinishi, safarbarligi kabilar
taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati — o‘qituvchiliquchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmuni
va shaklini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda
barcha o‘quvchilarni ko‘rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik tushunmaslik alomatlarini tez
payqab oladi, intizomsizlik hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat, o‘z xatti-
harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ko‘pincha materialni bayon
qilishga berilib ketib, o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay
qo‘yadi, bordi-yu o‘quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini
yo‘qotib qo‘yadi.
O‘qituvchi yuqorida ko‘rsatilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy
sifatlarga — aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi
fazilatlarga ham ega bo‘lishi kerak.
Bunday xususiyatlar bo‘lmasa, o‘rtamiyona pedagogik darajasidan yuqoriga
ko‘tarila olmaydi.