Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari


Oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana29.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#183640
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

 

Oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 

Pedagogika  oliy  o‘quv  yurtlarida  ta’lim-tarbiya  ish-larini  majmuali 

rejalashtirish axloqiy tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi zarur shartlardan biridir. 

Uzoq  muddatga  mo‘ljallab  tuzilgan  reja  bo‘lmasa,  tuzukroq  ishlab  ham  bo‘lmaydi. 

Tarbiyaviy  ishlar  rejasining  asosiy  vazifasi  ta’lim-tarbiya  tadbirlarini  ma’lum  bir 

tizimga keltirish, aniq maqsadga yo‘naltirish, tarbiya-viy jarayonda izchillik, uzviylik 

va  ketma-ketlikni  ta’minlash,  o‘quv-metodik  ishlar,  ilmiy  tadqiqot  va  tarbiyaviy 

tadbirlar  o‘rtasidagi  uzilishni  bartaraf  etish,  talabalarni  tarbiyalash  sohasida  ilg‘or 




78 

tajribalarni  umumlashtirishdan  iborat.  Majmuali  xarakterdagi  istiqbolli  reja 

talabalarga axloqiy tarbiya berishning aniq yo‘l va vositalarini ham ko‘rsatadi. 

Samarqand  davlat  universitetida  biz  o‘tkazgan  kuzatishlar  hamda  boshqa  oliy 

o‘quv  yurtlarining  tajribasi  shuni  ko‘rsatib  turibdiki,  tarbiyaviy  ishlar  dasturi  va 

istiqbolli  rejalarni  joriy  etish  natijasida  tarbiyaviy  ishlar  izchil  tarzda  bajariladigan 

bo‘ldi.  Natijada  talabalarning  dars  o‘zlashtirishi  yil  sayin  yaxshilanib,  tartib-intizom 

mustahkamlanib  bormoqda.  Jamoat  ishlariga  faol  jalb  etilayotgan  talabalarning  soni 

muttasil  ko‘payib,  yigit-qizlarni  barkamol  insonlar  qilib  tarbiyalash  sohasida 

kafedralar,  professor-o‘qituvchilarning  faolligi  tobora  ortmoqda.  O‘zbekistondagi 

pedagogika  institutlari  va  universitetlarining  talabalari  har  yili  talabalarning  ilmiy 

ishlari  sohasida  o‘tkazilayotgan  konkurslarda,  olimpiada,  tanlov  va  boshqa  ishlarda, 

sport  musobaqalari  va  badiiy  havaskorlik  ko‘riklarida,  otaliq  ishlarida  yaxshi 

natijalarga erishmokdalar. 

Ilmiy  jihatdan  asoslangan  istiqbolli  reja  va  dastur  talabalarni  axloqiy 

tarbiyalash  sohasidagi  barcha  ishlarning  asosiy  yo‘nalishlarini  birlashtiradi,  fakultet, 

kafedra  va  jamoat  tashkilotlarining  talabalarini  axloqiy  shakllantirish  sohasidagi 

faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Istiqbolli  reja  yoki  tarbiyaviy  ishlar  dasturini  ta’limning  barcha  yillariga 

mo‘ljallab  tuzish  maqsadga  muvofiq  ekanligini  oliy  o‘quv  yurtlarining  tajribasi 

ko‘rsatib  turibdi.  Istiqbolli  rejalashtirish  oliy  maktabda  amalga  oshiriladigan  ta’lim-

tarbiya  ishlarining  butun  hajmini,  ko‘lamini  aniq  tasavvur  etishga,  har  bir  kursda 

bajariladigan aniq vazifalarni belgilab olishga imkon beradi. 

Istiqbolli  reja  yoki  dasturni  oliy  o‘quv  yurtining  barcha  asosiy  bo‘g‘inlari 

ishtirok  etishi  zarur.  Bu  ishda,  ayniqsa,  ijtimoiy-gumanitar  fanlar,  pedagogika  va 

psixologiya kafedralari faol qatnashadilar. Ular ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni va 

yo‘nalishlarini  istiqbolli  reja  asosida  to‘g‘ri  belgilab  olishda  boshqa  kafedralarga, 

murabbiylarga yordam berishlari darkor. 




79 

Istiqbolli reja yoki dasturda qo‘rsatilgan tarbiyaviy  ishlar oliy  maktabda o‘quv 

jarayoni  bilan  uzviy  ravishda  bog‘liq  bo‘lishi  zarur.  Bu  faqat,  ta’limning  mazmuni 

tarbiyaviy  xarakterga  ega  bo‘lishidangina  iborat  bo‘lmay,  shu  bilan  birga,  o‘qishdan 

tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish shakllari va vositalari ham talabalarga shu 

davrda berilayotgan ta’limning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi darkor. 

Oliy  maktabda  talabalarni  axloqiy  tarbiyalashning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri 

bo‘lajak  muallimlarda  o‘qituvchi  odobini  shakllantirishdan  iborat.  Bu  talabalarda 

pedagogik kasbga muhabbatni o‘stirish, o‘qituvchi odobiga xos axloqiy tushunchalar, 

xulqiy normalarni hosil qilishni nazarda tutadi. 

 



80 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling