Talabalarga ms excel dasturida diagrammalar yaratish jarayonini tushuntirib berish, unda diagrammalar yaratish va funksiyaning grafik yechimlari asosida funksiyalarni tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish


Download 128.5 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1107541
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Laboratoriya ishi KI(ATS)-106-19-g ETT Fanidan


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“Kompyuter injiniringi” fakulteti
“Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
Elektron to’lov tizimlari” fanidan

Mavzu: Elektron to‘lov tizimida innovatsion texnologiyalar
foydalanish usullari.
Bajardi: Doniyorov A.A. ATS106-19-guruh
Qabul qildi: ______________Jiyanov O.P.
S A M A R Q A N D – 2 0 2 2
5-Laboratoriya ishi.
Mavzu: Elektron to‘lov tizimida innovatsion texnologiyalar
foydalanish usullari.


Ishning maqsadi: talabalarga MS Excel dasturida diagrammalar yaratish jarayonini tushuntirib berish, unda diagrammalar yaratish va funksiyaning grafik yechimlari asosida funksiyalarni tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish.


Nazariy qism:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
2019 — 2021-YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi.
Xususan, bu borada ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi va ishlar samarali muvofiqlashtirilmagani sababli mamlakatimiz so‘nggi yillarda nufuzli va obro‘li xalqaro tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok etmayapti.
Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorligi darajasi pastligi, vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion rivojlanish sohasidagi faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmayotgani bu boradagi birinchi navbatdagi maqsadlar va vazifalarga erishish imkonini bermayapti.
Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini izchil ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda — maqsadli ko‘rsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish — Strategiyaning bosh maqsadidir;
b) bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tiziminining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;
ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;
innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;
boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.
3. 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 4-ilovaga muvofiq tuzilsin.
4. Komissiya (A.N. Aripov):
Strategiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
Strategiyani amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar vakillari va xorijiy ekspertlarni, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini, shu jumladan joylarda tashkil etsin;
ushbu Farmon ijrosining borishi to‘g‘risidagi batafsil axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
5. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari — vazirlik va idoralarning Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, shuningdek, ular ijrosi borishini har chorakda muhokama qilish uchun;
vazirlik va idoralar rahbarlari — ilmiy-ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini, mustaqil ekspertlarni (konsultantlarni), shu jumladan xorijiy mamlakatlardan keng jalb etgan holda Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun;
davlat ilmiy-ta’lim muassasalari rahbarlari — Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni ilmiy-tadqiqot jihatidan qo‘llab-quvvatlash, vazirlik va idoralarga maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun ilmiy taqdimotlar va ma’ruzalar, tahliliy materiallar tayyorlashda har tomonlama ko‘maklashish uchun;
mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari — vaziyatni haqiqiy va sifatli o‘zgartirish uchun munosib sharoitlar yaratish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish, hududlarni va ularning ijtimoiy infratuzilmasini Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan o‘zaro kelishilgan holda joylarda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish choralarini ko‘rish uchun shaxsiy javobgarlik belgilab qo‘yilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi har yili Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishi uchun xalqaro tashkilotlarga zarur ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni muntazam yuborilishini ta’minlasin.
7. Vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishilgan holda bir oy muddatda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni nazarda tutadigan 3 yilga mo‘ljallangan rivojlanish dasturlarini tasdiqlasin, keyinchalik 3 yilga mo‘ljallangan yangi rivojlanish dasturlarini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni muntazam tashkil etsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling