Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va


MSK -64 Rixter shkalalarinin farqi


Download 152.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana02.06.2024
Hajmi152.24 Kb.
#1834386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-MAVZU

MSK -64 Rixter shkalalarinin farqi 
Rixter shkalasi bo‘yicha, 
magnituda 
4,0-4,9 5,0-5,9 
6,0-6,9 
7,0-7,9 
8,0-8,9 
MSK-064 shkalasi bo‘yicha 
kuchlanish (ball) 
IV-V 
VI-VII 
VII-IX 
IX-X 
XI-XII 
Zilzila qayerlarda sodir bo‘ladi? Zilzila asosan yer sharining uchta 
seysmik kamarida ro‘y beradi. Ularning taxminan 84-85 foizi Tinch okeani seysmik 
kamarida, 
10-15 
foizi 
O‘rta yer dengizi-Osiyo seysmik kamarida,
1-3 foizi esa Atlantika okeanining o‘rtasida joylashgan suv osti tog‘ tizmalari va 
1-2 foizi yer sharining boshqa turli joylarida sodir bo‘ladi.
Hozirgi vaktda O’zbekistonda Toshkent, Farg’ona, Qizilqum kabi maxsus 
geodinamik poligonlar faoliyat olib bormokda. Poligonlarda 10 ga yaqin usul 
yordamida kompleks zilzila darakchilarini o’rganuvchi kuzatuv ishlari tashkil 
qilingan. Natijada ilgari fanga noma’lum bo’lgan zilzila darakchilari kashf qilindi. 
Ular yer osti ma’dan suvlari tarkibidagi turli inert gazlar, tuzlar va boshqa 
mikroelementlarning zilziladan oldin yer qobig’idan ajralib chiquvchi kuchli 
elektromagnit impul’slar, yerning ionosfera qatlamidagi o’zgarishlar va 
boshqalardan iborat. Qator kuchli zilzilalar bilan bog’liq bo’lgan kompleks 
darakchilar ajratildi. Darakchilarning vaqt davomida va masofa bo’yicha 
zilzilalarning kuchiga qarab tarqalish qonuniyatlari topildi. O’zbekistonlik 
seysmolog olim K.N.Abdullabekov tomonidan zilzilaning tayyorgarlik jarayoni 
geofizik modeli yaratildi (1-rasm)
1-rasm
 
K.N.Abdullabekov tomonidan zilzilaning tayyorgarlik jarayoni geofizik 
modeli
 
Zilzila zararlarini kamaytirish yo‘llari. Insoniyat o‘z hayotida ko‘pgina 
tabiiy va sun’iy ofatlar bilan to‘qnashgan. Jumladan, suv toshqini, yong‘inlar, sel, 
do‘l, dovul, portlashlar, avariyalar, kimyoviy reaksiyalar, ulkan tog‘ ko‘chishlari, 
zilzila, vulqon otilishi, turli epidemiyalar, vabo, urushlar, ocharchilik va boshqalar. 
Ana shu ofatlarning ko‘pchiligi bilan hozirgi kunda inson bemalol bellasha oladi. 



Masalan, yong‘inlar, urush, ocharchilik, kasalliklar va h.k. Lekin bu ofatlar ichida 
hali insonning kuchi yetmaydiganlari bor. Ular qatoriga zilzilalarni ham qo‘shish 
mumkin. Ammo, bu zilzilani to‘xtatish mumkin emas, undan saqlanish mumkin 
emas, degan ma’noni bermaydi. Uning zararidan qutulishimiz, odamlar hayotini, 
qurilish inshootlarini, barcha boyliklarimizni saqlab qolishimiz mumkin. Hozirgi 
kunda zilzila muammolari bilan shug‘ullanadigan fan - seysmologiya fani zilziladan 
talafot ko‘rmaslik chora-yo‘llari bor, deb javob beradi. Buning uchun qayerda 
qanday kuch bilan zilzila ro‘y berishini ko‘rsatadigan seysmik rayonlashtirish 
xaritalarini tuzish va barcha qurilish ishlarini tuzilgan xaritalarga amal qilgan holda 
olib borish kerak bo‘ladi. Seysmik rayonlashtirish qo‘llanilayotgan usullarga
masshtabga qarab uchga - umumiy seysmik rayonlashtirish, mukammal seysmik 
rayonlashtirish va seysmik mikrorayonlashtirishga bo‘linadi. 

Download 152.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling