Talabalarni o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etish to‘g‘risida”


Rektor v.v.b. I.T.Xasanov


Download 30.71 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi30.71 Kb.
#1403566
1   2   3   4
Bog'liq
yangi buyruq (4)

Rektor v.v.b. I.T.Xasanov

Talabalarni oquv mashgulotlaridan


ozod etish togrisida”

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashining 2023-yil 10-apreldagi №5/113-sonli xatiga muvofiq talabani o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etish to‘g‘risida


BUYURAMAN

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan tasdiqlangan 2023-yilda sportning “MOTOKROSS” turi bo‘yicha musobaqalarning o‘tkazish taqvimiy reja-jadvaliga asosan joriy yilning 13-15-aprel kunlari Navoiy shahrida sportning “MOTOKROSS” turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi final bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ishtirok etish uchun Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs 21/02-guruhi talabasi Umarov Javlonbek Xamro o‘g‘li 2023-yilning 12-apreldan 16-aprel kunlari o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etilsin.
2. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani O.Begimqulov zimmasiga:
2023-yilning 12-apreldan 16-aprel kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida hamda musobaqada ishtirok etadigan talaba J.Umarov darslarni qayta o‘zlashtirishi uchun yakkama-yakka o‘quv mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, qo‘shimcha darslar tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
3. J.Umarovni musobaqaga borib kelish xarajatlarini, xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashining raisi Z.Yusupov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu buyruq ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashining 2023-yil 10-apreldagi №5/113-sonli xati
Rektor v.v.b. I.T.Xasanov
Talabalarni oquv mashgulotlaridan
ozod etish togrisida”

Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining 2023-yil 6-apreldagi 01-02-/209-sonli xatiga muvofiq talabani o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etish to‘g‘risida




BUYURAMAN

  1. O‘zbekiston Gandbol fedaratsiyasi viloyat bo‘limining 2023-yil 3-apreldagi 13-sonli xatiga binoan joriy yilning 22-29-aprel kunlari Navoiy shahrida sportning gandbol turidan erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati 2-tur o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan viloyat terma jamoasi tarkibiga kiritilgan Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs 21/02-guruh talabalari Yalqobov G‘ayrat, Baratov G‘ayrat hamda Mustafaqulov Murod musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etish uchun 2023-yilning 8-30 aprel kunlari o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etilsin.
2. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani O.Begimqulov zimmasiga:
2023-yilning 8-30 aprel kunlari viloyat terma jamoa tarkibida ushbu nufuzli musobaqalarda ishtirok etadigan talabalar G‘.Yalqobov, G‘.Baratov hamda M.Mustafaqulovlarni darslarni qayta o‘zlashtirishi uchun yakkama-yakka o‘quv mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, qo‘shimcha darslar tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
3. G‘.Yalqobov, G‘.Baratov hamda M.Mustafaqulovlarning musobaqalarga borib kelish xarajatlarini, xavfsizligini ta’minlash Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining boshlig‘i A.Arabov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu buyruq ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Asos: Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining 2023-yil 23-martdagi 01-02-/209-sonli xati

Download 30.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling