Talabalarni variativ tahdidlardan himoya qilish texnologiyasi


Download 49.09 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi49.09 Kb.
#1800805
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jumayeva H. Ilm sarchashmasi


Jumayeva Hulkarxon Muhammadjonovna;(Termiz davlat universiteti,
pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), e-mail: hjumayeva@list.ru)


TALABALARNI VARIATIV TAHDIDLARDAN HIMOYA QILISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarni variativ tahdidlardan himoya qilish texnologiyasi haqida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, talabalarni pedagogik jarayonda variativ tahdidlardan himoya qilish metodlarining mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligi va barqarorligi, obodligi yoshlarning ma’naviyati yuksak bo’lishiga bog’liqligi va ularni har qanday tahdidlardan himoyalash zarurligi haqida ham fikrlar bildirilgan.
Kalit so’zlar: variativ tahdidlar, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, ma’naviy tahdid, “SWOT - tahlil texnikasi”, „SCAMPER“ metodi”, “Assesment” texnologiyasi.
Аннотация: В данной статье представлены идеи о технологиях защиты студентов от различных угроз. Также поясняется суть методов защиты обучающихся от различных угроз в педагогическом процессе. И были высказаны мнения о том, что мир, спокойствие и стабильность в нашей стране зависят от высокого морального духа молодёжи и необходимости защищать её от любых угроз.
Ключевые слова: переменные угрозы, духовность, образование, моральная угроза, «SWOT-методика анализа», метод «СКАМПЕР», технология «Оценка».
Abstract: This article presents ideas about technologies for protecting students from various threats. The essence of methods for protecting students from various threats in the pedagogical process is also explained. Views were also expressed that peace, tranquility and stability in our country depend on the high morale of young people and the need to protect them from any threats.
Key words: variable threats, spirituality, education, moral hazard, “SWOT analysis method”, “SCAMPER” method, “Assessment” technology.
Kirish. Jahonda yosh avlodning ma’naviy kamoloti yo’lida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya o’ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki globallashuv jarayonida chuqur ildiz otib borayotgan barcha sohalardagi tizimli islohotlarning samaradorligi, shuningdek, kelajakning bardavom hamda barqaror bo’lishidek o’ta mas’uliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan talabalar ma’naviyatiga bevosita bog’liq. Talabalarning ichki ma’naviyati bu borada ustuvor hisoblanadi. Shu bois talabalarni ichki tahdidlarga qarshi tura olish ruhida tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja orasidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki o’z-o’zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday baholash mumkin emasligini anglab yetish lozim.
Biroq globalizatsiya qaysidir jihati bilan shaxs dunyoqarashiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazib ulgurdi. Ayniqsa, dunyo aholisining qariyb 60 foizini tashkil etadigan yoshlar ongi va ma’naviyatining shakllanishiga keskin ta’sir o’tkazmoqda. Globalizatsiya tufayli bugungi talabalarda ichki tahdidlarga qarshi kurashchanlik immuniteti pasayib bormoqda. Shu bois barkamol avlodni shakllantirishdek muhim va mas’uliyatli vazifani amalga oshirish davom etayotgan hozirgi davrda talabalarni globallashuv jarayonida ichki tahdidlardan himoyalash dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning faol a’zolari, chunonchi, ziyoli va pedagoglar oldiga mas’uliyatli vazifalarni yuklamoqda.

Download 49.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling