Talabalarning axborot-loyihalash kompetentligi pedagogik tadqiqot


Download 37.79 Kb.
bet4/5
Sana13.07.2023
Hajmi37.79 Kb.
#1660194
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xakimov J.O.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Jahonda ta’limning paradigmal tranformatsiyasi kontekstida talabalarning axborot-loyihalash kompetentligining motivatsion, kognitiv, faoliyatiy, refleksiv, axborot-kommunikatsion komponentlarini uzluksiz rivojlantirish imkoniyatlari (tizimli rejalashtirish, didaktik ta’sirlar majmui, o‘zaro muvofiqlashtirish) innovatsion yondashuvlar va didaktik shart-sharoitlar uzviyligini ta’minlash asosida rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • axborot-ta’lim muhitini modellashtirish va qo‘llashning yangi nazariy konsepsiyalarni ishlab chiqish;

  • axborot-loyihalash faoliyatining didaktik vositalarini takomillashtirish;

  • axborot ta’lim muhitining zamonaviy modellarini ishlab chiqish va ularni o‘qitish jarayoniga tatbiq etish;

  • axborot ta’lim muhitining ilmiy-metodik ta’minoti tizimini yaratish;

  • talabalarning axborot-loyihalash kompetentligini rivojlantirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish;

  • refleksiv yondashuv asosida talabalarning individual ta’lim trayektoriyasini takomillashtirish.

Shu bilan birga, talabalarning axborot-loyihalash kompetentligini rivojlantirish, ularni tanqidiy-tahliliy fikrlashga o‘rgatish, axborotni tahlil qila bilish va undan ta’limiy muammolarni hal etishda foydalanish, mustaqil ta’lim olish sharoitlari va imkoniyatlarini takomillashtirish orqali sifatli bilim berishning ta’limiy-motivatsion muhitini yaratish bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari va izlanishlar olib borilmoqda [4].
TAHLIL VA NATIJALAR
Talabalarning axborot-loyihalash kompetentligini rivojlantirish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1) umumkasbiy va maxsus fanlardan o‘quv dasturlari uzviyligini takomillashtirish;
2) yangi o‘quv reja va dasturlar asosida yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning amaliy va kasbiy yo‘nalganligini ta’minlash;
3) “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” o‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha metodikalar va uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
4) amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning loyihalash-konstruktorlik bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsatishlarini rag‘batlantirish;
5) “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanidan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish, mustaqil ishlarni tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish;
6) “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanini o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
7) yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish [5].
Yuqorida keltirilgan tahlillardan ko‘rinadiki, barcha tadqiqotchilar axborot-kommunikatsion tayyorgarlikning mohiyatini mutaxassis kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Talabalarning axborot-loyihalash tayyorgarligini o‘rganish va tahlil etish ayni muhandis mutaxassislarning axborot-loyihalash tayyorgarligi va talabalarning axborot-loyihalash tayyorgarligi mazmunida farqli jihatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bizning fikrimizcha, talabalarning axborot-loyihalash kompetentligini avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari asosida rivojlantirish mazmuni kasbiy-pedagogik sohaga oid bilimlar (asosiy psixologik va texnologik bilimlar) bilan axborot-kommunikatsiyaning nazariy asoslari va amaliy qismining o‘zaro bog‘liqligi bilan belgilanadi. Bundan ko‘rinadiki, axborot-loyihalash kompetentligi kelgusidagi kasbiy faoliyat turiga bog‘liq. Demak, har bir kasb uchun uning o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.

Download 37.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling