Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari
(Die Nebenglieder des Satzes)
Gapning ikinchi darajali bo‘laklari uch xildir: to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol.
To‘ldiruvchi (Das Objekt)
To‘ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo‘lagi bo‘lib, kesimning ma’nosini to‘ldiradi. To‘ldiruvchilar uch turga bo‘linadi.
1) Vositasiz to‘ldiruvchi (Das Akkuzativobjekt).
2) Jo‘nalish kelishidagi to‘ldiruvchi (Das Dativobjekt )
3) Predlogli to‘ldiruvchi (Das präpositionale Objekt)
Aniqlovchi (Das Attribut)
Aniqlovchi predmetning belgisini aniqlab, wessen?(kimning? nimaning?), welcher?, was für ein? (qaysi?), weiviel? (qancha) so‘roqlariga javob bo‘ladi, masalan:
Das Buch des Schülers. (O‘quvching kitobi.) Wessen Buch?
Nemis tilida aniqlovchi qo‘llanishi va ifodalanishi jihatdan o‘zbek tilidan ancha farq qiladi.
Nemis tilida aniqlovchi aniqlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi, masalan:
guter Freund (yaxshi do‘st) (m. r. birlik, Nom.),
der gute Freund (yaxshi do‘st) (m. r. birlik, Nom.)
des guten Freundes – (yaxshi do‘stning) (m.r. birlik,Gen.)
die guten Freunde – (yaxshi do‘stlar) (m.r. ko‘plik, Nom.)
die neue Zeitung – (yangi gazeta) (j.r.birlik, Nom.)
ein gutes Zimmer – (yaxshi xona) (s.r. birlik Nom.)
Hol
(Das Adverbiale, die Adverbialbestimmung)
Hol ish harakatni qay tarzda bajarilishini, sababini, maqsadini yoki uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin yo paytni bildirgan gap bo‘lagidir.Nemis tilda hol asosan ravish, predlogli ot va infinitiv oborotlari bilan ifodalanadi.
Nemis tilida hol quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Payt holi (Das Adverbiale der Zeit).
2) O‘rin holi (Das Adverbiale des Ortes)
3) Ravish holi (Das Adverbiale der Art und Weise).
4) Sabab holi(Das Adverbiale des Grundes )
5) Maqsad holi (Das Adverbiale des Zieles)
6) Shart holi (Das Adverbiale der Bedingung)
7) To‘siqsizlik holi (Das Adverbiale der Einräumung)
8) Miqdor – daraja holi (Das Adverbiale des Maßes und des Grades)
9) Modal holi (Das Adverbiale der Modalität)
Do'stlaringiz bilan baham: |