30.1 Bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
(Die konjunktionale Satzverbindung)
Nemis tilidagi bog‘langan qo‘shma gap sostavidagi sodda gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, yoki bog‘lovchi vazifasida kelgan so‘zlar yordamida birikib keladi. Bu kabi bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan so‘zlar o‘z navbatida 4 guruhga bo‘linadi.
1.Biriktiruvchi bog‘lovchilar (die kopulativen Konjunktionen)
2.Zidlovchi bog‘lovchilar (die adversativen Konjunktionen)
3.Ayiruv bog‘lovchilar (die partitiven Konjunktionen)
4.Sabab-natija bog‘lovchilar(die kausal-konsekutiven Konjunktionen)
Qo‘shma gap komponentlarini bog‘lovchi vositalarining ma‘nosiga ko‘ra qo‘shma gapni hosil qiluvchi gaplarning mazmun munosabati ham har xil bo‘ladi.
1.Biriktiruvchi bog‘lovchilar
(Die kopulativen Konjunktionen)
Biriktiruvchi bog‘lovchilar bilan kelgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ma‘no jihatidan bir-birini to‘ldiradi, izohlaydi va bir paytda yoki ketma-ket yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalaydi. Strukturasiga ko‘ra biriktiruvchi bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
a)Yakka biriktiruvchi bog‘lovchilar – und, aber, oder, dann, denn, deshalb, auch, sowie va boshqalar
b)Juft biriktiruvchi bog‘lovchilar – nicht nur... sondern auch, weder...noch, sowohl.....als auch, bald....bald, teils...teils, entweder....oder, halb....halb, einerseits....andererseits kabi bog‘lovchilar kiradi.
Bundan tashqari biriktiruvchi bog‘lovchilar vazifasini ba‘zi olmoshlar va ravishlar ham bajarishi mumkin: folglich, nämlich, schließlich, sodann, daran, zwar va boshqalar. Bunday bog‘lovchilar so‘z tartibiga ta‘sir qilmaydi. Bulardan faqat und bog‘lovchisi har doim gap boshida keladi.
Ich lerne in der Schule, und mein Bruder arbeitet in der Fabrik.
Men maktabda o‘qiyman, akam esa fabrikada ishlaydi.
Nemis tilida und bog‘lovchisi yordami bilan tuzilgan qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga kelgan voqea-hodisa yoki harakat ifodalanadi.
Der Lehrer diktiert, und die Schüler schreiben.
O‘qituvchi diktovat qilyapti, o‘quvchilar esa yozyaptilar.
O‘zbek tilida biriktiruvchi bog‘lovchi vazifasida va ham, hamda bog‘lovchilari shuningdek -u, -yu, -da yuklamalari qo‘llaniladi. Ular uyushiq bo‘laklarini yoki gaplarni bog‘laydi va nemis tilining und bog‘lovchisiga to‘g‘ri keladi.
Weder …noch bog‘lovchisining birinchi qismi gap boshida ham o‘rtasida ham keladi. Ikkinchi qismi esa faqat gap boshida keladi. Ular so‘z tartibiga ta‘sir qilishi yoki qilmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |