Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Bald stritten die Kinder um ein Spielzeug, bald


Download 343.4 Kb.
bet72/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Bald stritten die Kinder um ein Spielzeug, bald spielten sie friedlich miteinander.
Bolalar goh o‘yinchoq ustidan bahslashishar,goh birga tinch o‘ynardilar.
Bald-bald va teils-teisl bog‘lovchilari qo‘shma gap komponentlarini bog‘lashda payt ma’nosini ifodalaydi.Teils....teils bog‘lovchisi ikkala gapdagi mazmun bir vaqtda ro‘y berayotganligini ko‘rsatadi.Bald...bald bog‘lovchisi voqeaning ketma-ket ro‘y berishini ifodalaydi.
Bald tanzten wir, bald sangen wir Volkslieder.
Biz goh raqs tushdik, goh xalq qo‘shiqlarini kuyladik.
Bu bog‘lovchilar mazmun jihatdan goh..goh, dam...dam, yo..yo kabi ayiruv bog‘lovchilariga mos keladi.
4.Sabab – natija bog‘lovchilari
(Die kausal – konsekutiven Konjunktionen)
Sabab natija bog‘lovchilari bilan kelgan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning biri ish harakatning sababini, ikkinchisi esa uning natijasini ifodalaydi. Sabab-natija bog‘lovchisiga denn kiradi va u so‘z tartibiga ta’sir qilmaydi.
Wir tragen Mantel, denn es ist jetzt kalt.
Biz palto kiyganmiz, chunki hozir sovuq.
Sof sabab bog‘lovchisi faqat denn hisoblanadi. Lekin uning vazifasida bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladigan bir necha ravishlar mavjudki, ular sababni ifoda etuvchi: nähmlich, ja, doch, natija ma‘nosini bildiruvchi: folglich, also, daher, darum, deshalb, deswegen, somit, sonach, infolge, dessen, demnach, darum, daher, dadurch kabi ravishlardir. Bu ravish bog‘lovchilar gapda qo‘llanganda so‘z tartibiga ta’sir etadi.
Die Stunde beginnt, darum eilen alle in die Klasse.
Dars boshlandi, shuning uchun hamma sinfga shoshildi.
Sabab natija bog‘lovchilari vazifasida qo‘llanadigan folglich, daher, deswegen, somit, sonach, demnach va infolgedessen ravishlari denn sof sabab natija bog‘lovchisiga nisbatan kamroq qo‘llanadi.
Demak, yuqorida qayd etib o‘tilgan eng ko‘p qo‘llanadigan bog‘lovchi va bog‘lovchi ravishlar quyidagilar:
Konjunktionen (bog‘lovchilar): und, aber, auch, oder, denn, sondern.
Bog‘lovchilardan keyin so‘z tartibi to‘g‘ri so‘z tartibli darak gaplarnikidek bo‘ladi.



Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling