Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet74/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

ko‘ra bo‘linishi
(Die Einteilung der Nebensätze nach ihrer Bedeutung)
Ergash gaplarning eng muhim klassifikatsiyasi ularning sintaktik funksiyasiga ko‘ra klassifikatsiya qilinishidir. Ergash gaplarni sintaktik jihatdan klassifikatsiya qilishda ularning bosh gapga nisbatan qaysi bo‘lak vazifasini bajarib kelishi e’tiborga olinadi. Ergash gaplar anglatgan mazmuni, shakllanishi va bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.

  1. Ega ergash gapli qo‘shma gap. (Der Subjektsatz)

  2. Kesim ergash gapli qo‘shma gap. (Der Prädikativsatz)

  3. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. (Der Objektsatz)

  4. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. (Der Attributsatz)

  5. Hol ergash gapli qo‘shma gap. (Der Adverbialsatz)

Hol ergash gapli qo‘shma gaplar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi.
1.O‘rin ergash gapli qo‘shma gap. (Der Lokalsatz, der Adverbialsatz des Ortes)
2.Payt ergash gapli qo‘shma gap. (Der Temporalsatz, der Adverbialsatz der Zeit)
3.Ravish ergash gapli qo‘shma gap. (Der Modalsatz ,der Adverbialsatz der Art und Weise)
4.Sabab ergash gapli qo‘shma gap. (Der Kausalsatz, der Adverbialsatz des Grundes)
5.Maqsad ergash gapli qo‘shma gap. (Der Finalsatz, der Adverbialsatz des Zieles)
6.Shart ergash gapli qo‘shma gap. (Der Konditionalsatz, der Bedingunssatz)
7.Natija ergash gapli qo‘shma gap. (Der Konsekutivsaz, der Folgesatz)
8.Qiyos ergash gapli qo‘shma gap. (Der Komparativsatz, der Adverbialsatz des Vergleichs)
9.To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap. (Der Konzessivsatz, der Einräumungssatz)
10.Miqdor daraja ergash gapli qo‘shma gap. (Der Restriktivsatz, der Eingschränkungssatz)


EGA ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
( DER SUBJEKSATZ)

Ega ergash gap bosh gapdagi ega vazifasidagi so‘zning ma’nosini izohlab, konkretlashtirib keladi va wer?, kim?, was?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.


Ega ergash gaplar bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra undan oldin yoki keyin kelishi mumkin. Ega ergash gap bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bo‘ladi. Bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ega ergash gap bosh gapga :
1. Bog‘lovchilar, 2. Nisbiy olmoshlar, 3. Nisbiy ravishlar yordamida birikib keladi.
1. daß, ob, wenn, als, als wenn bog‘lovchilari orqali bosh gapga bog‘lanadi. Bu bog‘lovchilardan daß va ob bog‘lovchilari badiiy adabiyotlarda ko‘proq qo‘llaniladi. wenn, als wenn, als bog‘lovchilari esa ularga nisbatan kamroq qo‘llanadi. Yuqoridagi bog‘lovchilar bilan kelgan ega ergash gaplarning bosh gapi sostavida es korrelati kelishi ham mumkin.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gapi elliptik gap bilan ifodalanishi mumkin.
Ein Glück, daß sie sein Gesicht nicht sehen kann. (Erich Kästner,Die Zwillinge)
U uni chehrasini ko‘rmasligi,baxt.
2. was, wer, der (die,das) welcher (welche, welches) ko‘plikda die welche kabi nisbiy olmoshlar bilan

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling