und – va esa
aber – ammo,lekin, biroq +ega, kesim,
auch – ham, hamda gapning ikkinchi
oder – yoki darajali bo‘lagi
denn – chunki
sondern – balki
Konjunktionaladverbien:(bog‘lovchi ravishlar)dann, sonst, darum, deshalb, deswegen,trotz, trotzdem
Bog‘lovchi ravishlardan keyin so‘z tartibi teskari so‘z tartibli darak gaplarnikidek bo‘ladi.
d ann – keyin so‘ng
sonst – bo‘lmasa + kesim, ega,
darum – shuning uchun gapning ikkinchi
deshalb – shu sababli darajali bo‘lagi
deswegen – shu sababli
trotzdem – shunga qaramasdan
30.2 Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap
(Die konjunktionslose Satzverbindung)
Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda qo‘shma gap komponentlaridagi bog‘lovchi vazifasida leksik yoki morfologik vositalar qo‘llanmaydi. Bunday qo‘shma gaplarda komponentlarning o‘zaro bog‘lanishi intonatsiya yordamida bo‘ladi. Ya’ni qo‘shma gap tarkibidagi gaplarning bog‘lanishi va o‘zaro mazmun munosabati intonatsiya yordamida reallashadi.
Du muβt dich beeilen, du hast wenig Zeit.
Sen shoshilishing kerak, vaqting oz.
Ergash gaplarning bosh gap bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra bo‘linishi.
(Die Einteilung der Nebensätze nach der Art der Verbindung mit dem Hauptsatz.)
Bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra ergash gaplar bog‘lovchili va bog‘lovchisiz ergash gaplarga bo‘linadi. Bog‘lovchili ergash gaplar gapga: ergashtiruvchi bog’lovchilar, nisbiy olmoshlar, nisbiy ravishlar va nisbiy olmosh ravishlar bilan birikib keladi.Bog‘lovchisiz ergash gaplar bosh gap bilan hech qanday bog‘lovchi elementsiz birikib keladi. Bunday hollarda so‘z tartibi turlicha bo‘ladi ammo kesim gapning oxirida kelmaydi.
Ich glaube, sie ist glücklich.
Men o‘ylaymanki, u baxtli.
Ergash gaplarning bosh gapga nisbatan ma’nosiga
Do'stlaringiz bilan baham: |