OTLARNING TURLANISHI
(DIE DEKILINATION DER SUBSTANTIVE )
Demak, ot va otlashgan so‘zlarning kelishiklar bo‘yicha o’zgarishiga turlanish deyiladi.
Otlar birlikda uch xil turlanishga ega:
1.kuchli turlanish (die starke Deklination)
2.kuchsiz turlanish (die schwache Deklination)
3.jenskiy turlanish (weibliche Deklination)
Bundan tashqari ba’zi otlar maxsus turlanish va atoqli otlarning turlanish turiga ega.
Kelishik
|
Kuchli turlanish
|
Kuchsiz turlanish
|
Jenskiy roddagi otlarning turlanishi
|
N.
|
-
|
-
|
-
|
G.
|
-(e) s
|
- en
|
-
|
D.
|
-
|
- en
|
-
|
Akk
|
-
|
- en
|
-
|
Otlarning kuchli turlanishi
( Die starke Deklination der Substantive)
Kuchli turlanishning o‘ziga xos belgisi otlarning Genetivda (-e) s qo‘shimchasini olishidir.
der Lehrer – des Lehrers
das Buch – des Buches
Kuchli turlanishga mujskoy roddagi otlarning asosiy qismi va sredniy roddagi otlarning das Herz (yurak)so‘zidan tashqari hammasi kiradi. Bir bo‘g‘inli otlar va –s,-β, -z, -x,-sch, -st, -tz, -ck, -pf kabi undoshlar bilan tugagan otlar har doim Genetivda –es qo‘shimchasini oladi.
das Haus – des Hauses
der Pilz – des Pilzes
O‘zagi –el,-er,-en ga tugagan otlar Genetivda faqat –s qo‘shimchasini oladi.
der Laden – des Ladens
der Flieger – des Fliegers
Boshqa kelishiklarda esa otlar kelishik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Faqat bir bo‘g‘inli otlar Dativda –e oladi.Biroq bu qo‘shimchani qo‘llash shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |