Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari
Download 343.4 Kb.
|
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu
Sanoq sonlar
( Die Grundzahlwörter, die Kardinalzahlen ) Sanoq sonlar predmetning sonini, sanog‘ini bildirib,wieviel?-qancha,necha,nechta? so‘rog‘iga javob bo‘lib keladi : zwei, drei, vier Bücher. Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo‘linadi: tub son, yasama son, qo‘shma son. Nemis tilida sanoq sonlar quyidagicha yasaladi: a) Bir o‘zakli sonlar tub son deyiladi, bularga birdan o‘n ikkigacha (1 - 13 ) bo‘lgan sonlar kiradi: eins, zwei, drei v.b. b) Ikki yoki undan ortiq sonlardan tuzilgan son qo‘shma son deyiladi.Qo‘shma sonlar doim qo‘shib yoziladi.Qo‘shma sonlar ikki yo‘l bilan yasaladi. 13 dan 19 gacha bo‘lgan qo‘shma sonlar tub sonlarga zehn sonini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi,avval birlik son, keyin zehn soni keladi. Ammo sechzehn va siebzehn sonlari noto‘g‘ri yasaladi, chunki sechs sonidan s tovushi, sieben sonidan esa en tovushi tushib qoladi. 13-dreizehn 15-fünfzehn 16-sechzehn s) Yasama sonlar tub sonlarga -zig qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.-zig qo‘shimchasi bilan o‘nliklar yasaladi, lekin 20, 30, 60, 70 sonlari esa boshqacha yasaladi 20-zwanzig 60-sechzig 30-dreißig 70-siebzig d) 21 dan 99 gacha bo‘lgan qo‘shma sonlar und bog‘lovchisi yordami bilan quyidagi tartibda yasaladi: birinchi o‘rinda birlik soni, ikkinchi o‘rinda und bog‘lovchisi, uchinchi o‘rinda o‘nlik soni kelib, ular qo‘shib yoziladi. 23 - dreiundzwanzig 41- einundvierzig 51- einundfünfzig 85 - fünfundachtzig Uch xonali qo‘shma sonlarni talaffuz qilishda va yozishda yuzliklar soni birliklar bilan ifodalanib, hundert soni birlik songa qo‘shilgan holda birinchi o‘rinda , o‘nlikning birligi ikkinchi o‘rinda, und bog‘lovchisi uchinchi o‘rinda va o‘nlikning o‘zi to‘rtinchi o‘rinda bo‘ladi. 748 – siebenhundertachtundvierzig 259 – zweihundertneunundfünfzig 573 – fünfhundertdreiundsiebzig To‘rt xonali qo‘shma sonlarni talaffuz qilishda va yozishda mingliklar soni birliklar bilan ko‘rsatilib, tausent soni qo‘shiladi va birinchi o‘rinda yoziladi; ikkinchi o‘rinda yuzliklar, uchinchi o‘rinda o‘nlikning birligi, to‘rtinchi o‘rinda und bog‘lovchisi va beshinchi o‘rinda o‘nlikning o‘zi yoziladi. 9841 – neuntausendachthunderteinundvierzig 3584 – dreitausendfünfhundertvierundachtzig 6762 – sechstausentsiebenhundertzweiundsechzig Eslatma: Agar to‘rt xonali sonlar yilni ifodalab kelgan bo‘lsa va ular tartib ma’nosiga ega bo‘lsa, u holda quyidagicha o‘qiladi va yoziladi. Ich bin neunzehnhundertachtundneunzig (1998) geboren. Am 3.Oktober neunzehnhundertneunzig (1990) wurde beide deutsche Staaten wieder vereinigt. Download 343.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling