Talabaning F. I. Sh tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan


Download 23.67 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi23.67 Kb.
#166122
Bog'liq
12-variant.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Sirtqi bo‘lim

Buxgalteriya hisobi va audit

ta’lim yo‘nalishi

HBA-60-2

guruh talabasi

2019-2020o‘quv yilining

IV-

semestrida

Pul va banklar fanidan
Islomov Alisher Davronovich

(talabaning F.I.SH)

tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan

(oraliq nazorat, yakuniy nazorat)

tegishligini tagiga chizib qo‘ying
YOZMA ISHI
Yozma ish o‘tkazilgan sana _______________

Shifr:_______________

Yozma ish natijasi _____________________

KOMISSIYA TARKIBI:
Rais: ________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

A’zolari:_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)
Toshkent – 2020 y.

12-variant


  1. Naqt pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibi.

  2. Qiymat shakllarining evalutsiyasi nima?


Javoblar

  1. Maqsadli ketma-ketlikda to‘lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to‘lanadi. Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladi.

Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. Joriy hisob raqamlar AQSH bank amaliyotida transaksion depozit hisob raqanlari, Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada “depoziti do vostrebovanie” deyiladi. Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi, O‘zbekistonda talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi.

Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmada ishtirok etuvchi subektlarning naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi:


1.Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo‘lgan qo‘shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga etkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar moddasi” ko‘payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “Vostro” vakillik hisob raqamining qoldig‘i ana shu summaga kamayadi.

2.Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo‘lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul ta’minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib beradi. Etkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan echib oladi.Pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi:



  1. Markaziy Bank va tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi.

  2. Tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi

  3. Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. (barcha naqd pul ko‘rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart.Tijorat banklari o‘z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi: (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar.)
  4. Tashkilotlar bilan tashkilotalar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi


  5. Tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi



2. “Pul-kredit va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

SHuningdek, mazkur fan “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi uchun 2- kurs bakalavr talabalari uchun 3- 4 va 5 semestrlarda, “Buxgalteriya hisobi va audit” (soliq yo‘nalishi bo‘yicha) 4-5-semestrda va boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 – semestrda o‘qitiladi.Fanning o‘qitishdan maqsad talabalarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o‘rni, nazariy asoslarini, jamiyat hayotidagi ahamiyatini, ularni muomalasini tashkil qilish va muvofiqlashtirish va boshqalardan iborat. SHuning bilan birga, fan bank, bank tizimi, kredit tizimi va uning jamiyat taraqqiyotidaga o‘rni, mamlakat pul muomalasini tashkil qilish, maqsadi va vazifalarini o‘rgatishdan iborat.

Mazkur fan pulning xarid quvvati, uning mamlakat iqtisodiyotini barqarorligiga ta’siri, inflyasiya hamda mavjud makroiqtisodiy omillarni chuqurroq o‘rganishdan iborat. SHuning uchun “Pul, kredit va banklar” fani “Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari” fani bilan chambarchas bog‘liq.

Pul o‘zining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:

– haqiqiy pullar;

– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.

Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shakl-da metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan.

Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.



Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Demak mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni ularning ehtiyojini qondirishdan ortgan qismini boshqa mahsulotga ayirboshlash uchun yo‘naltirilishi natijasida mahsulot tovarga aylangan.

Ushbu jarayonni bir ishlab chiqaruvchidan boshqa ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni shakllanishi deb hisoblanadi. Buning natijasida turli tovarlarning shakli, sifati, ehtiyojni qondirishligiga asosan ularning qiymatini aniqlashlik, ya’ni moslilik talab etila boshladi.
Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling