Talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2.06 Ish yuritish asoslari fan
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
2 3 I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Respublikamiz ijtimoiy hayoti va xalq xo’jaligining barcha sohalarida davlat tilida jahon o’lchovlariga mos tarzda ish yurita olish, milliy-mahnaviy qadriyatlarni puxta egallash, o’z fikrini yozma shaklda to’gpri ifodalay bilish kabi talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir. SHunday ekan, “Ish yuritish asoslari” fan dasturi magistrlarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy idoraviy uslub mehyorlari asosida to’gpri shakllantirishga, hujjatchilik – munshaot ishini puxta egallashlariga qaratildi. Ushbu maqsadda adabiy til mehyorlari, matn qurilishi, hujjat turlari va ularning tarkibiy qismlari, to’gpri hujjatlashtirish yo’llari kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy mahlumotlar berildi. Dasturda rasmiy-idoraviy uslubga xos turlicha qurilishdagi matnlar tuzish, uni ijodiy o’zgartira olish, yahni qisqartirish va kengaytirish, asosiy mazmunini saqlab qolish, to’ldirish, yangilash ko’nikmalarini shakllantirishga ham alohida ehtibor berildi. Magistrlarning ish yuritish qobiliyatini o’stirishga qaratilgan nazariy-amaliy materialga turli shakl va mazmundagi matnlar, ish qogpozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikni tahminlash hamda zarur leksik-sintaktik vositalaridan o’rinli foydalanish usullari asosida ishlab chiqildi. Hujjat turiga va uning zaruriy qismlari mazmuniga mos tarzda tegishli matnni mustaqil ravishda tuza olish, jo’natilgan hujjatga tashkilot munosabatini aniq ifodalagan holda to’gpri javob yozish, taklif yoki ehtiroz bildirish, o’z fikrini dalillar bilan asoslash, xulosalash, umumlashtirish va bunda kirish so’zlardan, iqtibos, ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana bilish ko’nikmalarini o’stirishga oid uslubiy materiallar magistrning qiziqarli quroliga aylantirishga xizmat qilgan. Magistrlarning mustaqil fikrlash, voqea-hadisalar to’gprisida chuqur mushohada yurita bilish, nutq namunalariga tafakkur hosilasi sifatida yondashish, ravon jumlalar tuza olish, o’zaro muloqot va yozishmalarda nutq madaniyati mehyorlariga amal qilish kabi intelektual fazilatlarini o’stirishda ushbu dastur muhim amaliy ahamiyat kasb etadi, degan umiddamiz. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling