Talablarning bilimlarini pedagogik nazorat qilishning ijobiy tomonlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
49-54
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-21, Issue-1, November - 2022 51 otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo’yicha sinovdan o’tmasdan, boshqacha yo’l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko’tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi: a) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish; b) ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar iste`dodlarni taqdirlashga intilish; v) amerikaliklarni milliy ta`lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari. Inson erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi. AQSHda to’rt yuzdan ortiq markaz o’zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. SHuningdek, testlarni tuzish va ularni qo’llash bo’yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992 yilda ular AQSHdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo’nalishlari ro’yxatida 8-o’rinni egallaganlar. O’ta qadrlanadigan tizimlar bo’yicha tahlil, marketing, sog’liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va komp’yuter texnologiyasi ixtisosliklari esa, tegishli tarzda 15-20-o’rinlarga joylashtirilgan. Sobiq Ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yo’l qo’yildi. 1936 yildagi VKP(b) MKning «Xalq maorif komissarligi tizimidagi pedagogik buzilishlar to’g’risida»gi qarorida testlar «burjua» pedagogikasiga xos deb hisoblandi. Bu qaror fanni mafkuraviylashtirishga va uni majburan siyosiylashtirishga qaratilgan bo’lib, unda jahon psixologiyasi va pedagogikasi tajribasidan foydalanish inkor qilingan edi. Bu qarorga binoan, 1936 yildan testshunoslik bo’yicha ilmiy tadqiqotlar davlat miqyosida to’xtatildi. Pedalogiyaning «idealistik va mexanistik» ko’rsatmalari, ularni «ilmiy asoslanmagan» «test»larga berilib ketganligi qoralandi. Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari va psixologlarining talabalar bilim- ko’nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. SHuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. Yuqorida ta`kidlaganidek, mustaqil O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o’rta ma`lumot yakunida, oliy o’quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo’llanila boshlandi. Pedagogik testlarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling