Talablarning bilimlarini pedagogik nazorat qilishning ijobiy tomonlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
49-54
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-21, Issue-1, November - 2022 50 · test sinovlari uchun mo’ljallangan material hajmini юaniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; · mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo’li bilan aniqlash; · talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o’rtacha tezligi to’g’risidagi amaliy ma`lumotlarni e`tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; · test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to’g’riligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish; · topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to’g’ri va noto’g’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo’l qo’ymaslik. CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o’rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to’g’risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o’rganish zarurligini ta`minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; o’qitish jarayonida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o’quv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo’llash mumkin.Shuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o’tkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qo’llash natijasidagina nazoratdan ta`limga yo’naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va so’ngra qanday yo’nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma`lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta`limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo’yicha o’qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o’tishlari ko’zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o’qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. SHunisi qiziqki, Frantsiya to’qson yillik test an`analariga ega bo’lgan davlatdir. O’tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQSHda test o’tkazishning zamonaviy ahvolini o’rganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi o’quv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qo’llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling