Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish
Download 49.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) umumxo‘jalik kon’yunkturasi
- 3.Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari
Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi. To‘rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bog‘liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‘ziga xosdir. Beshinchidan, uning ko‘rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining nisbatidir. Bir so‘z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Kon’yunktura tadqiqotining ikkita ob’ektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.1) umumxo‘jalik kon’yunkturasi2) tovar bozori kon’yunkturasi.Shuning uchun ham umumxo‘jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo‘lmaydi. Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo‘jalik kon’yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo‘lmagan yangi sifatni beradi.Shuning uchun ham umumxo‘jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo‘lmaydi. Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo‘jalik kon’yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo‘lmagan yangi sifatni beradi.3.Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublariUmuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo‘lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi. 3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‘lishi. 4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi. 5.Bozor kon’yunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi.Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin. 1. Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki, unda o‘tgan davrda bo‘lib o‘tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishning faktografik uslublari o‘z navbatida 3 turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu turdagi 131 modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlang‘ich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan prognoz qilish ob’ektlarining o‘zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi. 2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda prognoz qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo‘llaniladi. Download 49.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling