Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish


Download 49.85 Kb.
bet1/14
Sana17.02.2023
Hajmi49.85 Kb.
#1206744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish



TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH

Reja:

1.Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar.

2.Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha.

3. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari.

4. Pragnozlash nima ?

5. Bozor talabi nima?

6. Pragnozlash usullari

7. Konyukturani o’rganishning birinchi bosqichi



1.Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga bo‘linadi. Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi. Iste’mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga bo‘lgan narxlar kiradi.
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni hohish va istaklari kiradi. Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi.


Uning asosida uchta sabab yotadi:

  • Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;

  • - Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib keladi;

  • - Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab bo‘ladi.

Download 49.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling